Home / FAKULTETLAR / Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti

Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti

Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti tarixi

Termiz Davlat universiteti 1992-yil Muhtaram Prezidentimiz I.A.Karimovning tashabbusi va farmonlari bilan viloyatlarda Pedagogik institutlar universitetlarga aylantirildi. Ushbu farmonga asosan Termiz davlat pedagogika institututi Termiz davlat universitetiga aylantirildi.

1992-1993 o’quv yili qabulida «Tabiat-geografiya» fakulteti bazasida iqtisodiyot yo’nalishiga ilk talabalar qabul qilindi.

1992-1993 o’quv yilida «Iqtisodiyot» va «Geografiya» bo’limlari birlashtirilib, “Iqtisodiyot-geografiya” fakulteti tashkil etildi.

1993-1994 o’quv yilida Moliya-kredit mutaxasisligiga ilk talabalar qabul qilindi.

1995 yil «Iqtisodiyot-geografiya» fakultetidan «Moliya» bo’limi ajralib, “Moliya-menejment” fakulteti tashkil topdi.

1996 yil sentyabr oyidan «Iqtisodiyot» fakulteti alohida fakultet sifatida faoliyat yurita boshladi.

2004 yil 8 iyuldagi Termiz davlat universitetining Ilmiy Kengash qarori hamda universitet rektori buyrug’i bilan ikkita fakultet birlashtirilib “Iqtisodiyot-moliya” fakulteti tashkil etildi.

2007 yil 5 iyulda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziri  birinchi o’rinbosari A.Parpiyevning ko’rsatmasi va 2007 yil 30 noyabrdagi Universitet Ilmiy Kengash qarori hamda 2007 yil 28 dekabrdagi universitet rektori buyrug’iga muvofiq «Iqtisodiyot-moliya» fakultetining nomi «Ijtimoiy-iqtisodiy» fakultet deb nomlandi.

2010 yil  avgust oyidagi universitet Ilmiy Kengash karoriga asosan «Iktisodiyot» fakulteti deb nomlandi. «Iqtisodiyot» fakultetida prof. U.Umarov (1992-1993), prof. A.Ro’ziyev (1993-1997),  dotsentlar A.Oltiyev (1997), A.Umirov (1997), B.Jo’rayev (1997-2001), A.Qoraxonov (2001-2002), B.Jo’rayev (2002-2003), S.Xudoyqulovlar (2003-2004) dekan lavozimida ishladi.

«Moliya-Menejment» fakultetida esa dots. E.Avazov (1995-2002), dots. O.Xatamovlar (2002-2004) dekan lavozimida ishlagan.

«Iqtisodiyot-moliya» fakulteti birlashtirilgandan keyin 2004 yil noyabrdan 2005 yil yanvar oyigacha dots. A.Oltiyev dekanlik lavozimda ishladi. 2005 yil mart oyidan boshlab 2012 yil avgust oyiga qadar dots. O.Ro’ziyev shu lavozimda faoliyat ko’rsatdi.

2012 yil sentyabrdan 2013 yil avgust oyiga qadar dots. M. Gadayshoyev dekan lavozimida ishladi.

2013 yil senyatbrdna 2014 yil avgust oyiga qadar t.f.n. F. Baxromov dekan lavozimida faoliyat yuritdi.

2014 yil sentyabr oyidan 2015 yilning yanvar oyiga qadar dots.\r\nA. Avliyaqulov dekan lavozimida faoliyat ko’rsatdi

2015 yil yanvar oyidan 2015 yilning avgust oyiga qadar dots. E. Avazov dekan lavozimida faoliyat ko’rsatdi.

2015 yil sentyabr oyidan 2016 yilning yanvar oyiga qadar dots. B. Imanov dekan lavozimida faoliyat ko’rsatdi.

2016 yilning yanvaridan boshlab xozirga qadar i.f.n.. A. Absamatov dekan lavozimida ishlab kelmoqda.

Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti ma’muriyati

Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti dekani

6

Absamatov Anvar Ergashevich

Qabul vaqti: har kuni 15.00-17.00

(Dushanbadan tashqari)

Telefon: (+99894) 207- 00- 35

O’quv ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari

7

Tulakov Ulug’bek

Qabul vaqti: har kuni 15.00-17.00

(Dushanba va shanbadan tashqari)

Telefon: (+99895) 501- 07- 57

 Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari

8

Aliyarov Olim Abdug’aparovich

Qabul vaqti: har kuni 15.00-17.00

(Dushanba va shanbadan tashqari)

Telefon: (+99894) 260- 07- 37

Fakultet kafedralari:

    • Ijtimoiy fanlar

    • Iqtisodiyot nazariyasi

    • Iqtisodiyot

Fakultet ta’lim yo’nalishlari:

  • 5230100-Iqtisodiyot (Makroiqtisodiyot)
  • 5230600-Moliya
  • 5231700-Kadrlar menejmenti
  • 5111000-Kasb ta’limi (5230100-Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)) ta’lim yo’nalishi.