Home / FAKULTETLAR / Pedagogika fakulteti..

Pedagogika fakulteti..

Pedagogika fakulteti tarixi

1965 yilda eng dastlabki bo’limlar qatorida Pedagogika va boshlang’ich ta’lim uslubiyoti bo’limi Termiz davlat pedagogika institutining Filologiya fakulteti tarkibida ish boshladi. 1971 yil sentyabr oyidan Fizika-matematika, pedagogika va boshlang’ich ta’lim uslubiyoti bo’limlari tabiiyot  fakultetidan ajralib chiqib, matematika-pedagogika fakulteti tashkil etildi. 1974 yilda  bo’lim tabiyot fakultetiga qo’shildi. Pedagogika, tarix, ximiya-biologiya bo’limlari biriktirilib Tabiyot fakultetiga aylantirildi. 1971-77 yilga qadar fakultetga Q. Mengniyozov, e. Xoliqov, T. Jovliev, SH. Samadov, X. Turdiqulovlar rahbarlik qildilar. 1985-88 yillarda fakultetga dotsent B. Qodirov raxbarlik qildi. 1988 yil sentyabr oyidan Tabiiyot fakulteti tarkibidan ajralgan Pedagogika va psixologiya fakulteti yangi qurib bitkazilgan o’quv binosida mustaqil fakultet sifatida ish boshladi. Jahon xalqlari pedagogikasi, Umumiy psixologiya, Pedagogik maxorat, Tillar va nutq madaniyati, Musiqa va tasviriy san’at kafedralari biriktirilib Pedagogika va psixologiya fakulteti tashkil etildi. Pedagogika fanlari doktori, professor,  Bekmurod Qodirov, pf.d., prof. O. Xaitov, p.f.d., prof. B. Qodirov, p.f.d. S. Axmedov, taniqli olimlar S. Raximov, M. Qulliev, B. Sodiqov, A. Oltiboev, A. Kenjaboev, SH. Raxmatullaev, B. YOriev, SH. YOqubov, R. Mustafoqulov, B. Umrqulov, T. Xaydarov, A. Musurmonov, S. Jurakulov, M. Bozorova, M. Norboshevalar samarali mehnat qildilar. Fakultetda 4ta kafedra: Pedagogika-psixologiya, Boshlang’ich ta’lim metodikasi, Musiqa va tasviriy san’at, Maktabgacha ta’lim metodikasi kafedralari faoliyat ko’rsatib kelmoqda.

Tasviriy san’at va muxandislik grafikasi yo’nalishi talabalari ham qisqa davr ichida juda katta muvaffaqiyatlarga erishdilar. Jumladan: Haykaltoroshlik, San’at asarlari bo’yicha ularning ko’rgazmalari har qaysi tadbirda ham tomoshobinlarni lol qoldirishmoqda.

Fakultet ma’muriyati:

Pedagogika fakulteti dekani

1Mirzayev Mutalib Jo`rayevich

Qabul vaqti: Har kuni: 15.00-17.00

(Dushanba va shanba kunlaridan  tashqari)

Telefon: (+998 93) 633-50-30

 

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar  bo’yicha dekan muovini

2Shaymardonov Ilxom Alixonovich

Qabul vaqti: Har kuni: 15.00-17.00

(Dushanba va shanba kunlaridan  tashqari)

Telefon: (+998 91) 576-82-28

Fakultet kafedralari:

 

 

  • Boshlang’ich ta’lim metodikasi
  • Maktabgacha ta’lim metodikasi
  • Pedagogika va psixologiya
  • Musiqa va tasviriy san’at

Fakultetta’limyo’nalishlari Bakalavrlar:

  • 5111700 –Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish
  • 5111800 –Maktabgacha ta’lim
  • 5111100 –Musiqa ta’limi
  • 5110800 –Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi
  • 5210200 –Psixologiya (faoliyat turlari bo’yicha)

Magistraturalar:

  • 5A 111101 Musiqa ta’limi
  • 5A 110901 Pedagogika nazariyasi va tarixi
  • 5A 210201 Psixologiya (faoliyat turlari bo’yicha)