Bosh sahifa / AL va KXK lari bilan ishlash / Biz-buyuk yurt Farzandlarimiz

Biz-buyuk yurt Farzandlarimiz

2017 yil 22 fevral kuni akademik litsey va kollejlar bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda kollej talabalarining bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish maqsadida Qiziriq tumani Bandixon qishloq xo’jalik kollejida Termiz davlat universiteti O’zbek filologiyasi fakulteti jamoasi tomonidan «Biz-buyuk yurt farzandlarimiz!» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi.Tadbirni  kollej direktorii T.Shoimqulov kirish so’zi bilan ochib berdi.va so’zni Termiz davlat universiteti O’zbek filologiyasi fakulteti dekani, filologiya fanlari nomzodi, shoira Muhayyo Hamrayevaga berdi.20170222_122049       M.Hamrayeva «Ajdodlarga munosib voris bo’laylik» mavzusida ma’ruza qildi. U o’z so’zi davomida tariximizning nihoyat darajada buyukligini, bizning ajdodlarimiz asrlar o’tsada, barchani hayratlarga soladigan ulug’ ishlar qilganligini hamda bugun butun dunyo xalqlari tan olgan buyuk shaxslarning 46 nafari bizda ekanligini chuqur mamnuniyat bilan e’tirof etdi. Notiq o’z fikrlari bilan ajdodlarimizning fan olamiga qo’shgan beqiyos hissasini ham alohida ta’kidlab o’tdi hamda barcha yoshlarni ularga munosib voris bo’lishga chorlagan holda ona yurtni tarannum etuvchi go’zal she’rlaridan o’qib berdi. So’ngra tadbirga tashrif buyurgan barcha ishtirokchilar bilan tanishtirib o’tdi. Keyingi so’z o’zbek adabiyoti kafedrasi katta o’qituvchisi N.Yo’ldoshevga berildi.N.Yo’ldoshev o’z so’zida yoshlarimizning ilm olib komil inson bo’lishlari uchun yurtimizda yaratib berilgan sharoitlardan unumli foydalanish kerakligini hamda ajdodlarimizning ham bugun shu darajada nomi tilga olinishining boisi ularning kitobga bo’lgan yuksak mehri bois ekanligini va ezgulikning ibtidosi ilm olishdan boshlanishini, ilmni esa kitobdan olish kerakligini aytib o’tib, tadbirda yig’ilgan barcha yoshlarni ajdodlarga munosib farzand bo’lishga chorladi. Shundan so’ng, o’zbek adabiyoti kafedrasi o’qituvchisi Sh.Norqulova, o’zbek filologiyasi fakulteti 4 kurs talabasi Mirjalol Xoliqovlar so’zga chiqishdi va o’z20170222_125618

ijodiga mansub go’zal she’rlarni o’qib barchaning ko’nglini xushnud etishdi. So’ngra o’zbek filologiyasi fakultetining iqtidorli ijodkor talabalari tomonidan badiiy chiqishlar, go’zal she’rlar o’qilib, ajoyib raqslar ijro qilindi. Tadbir davomida ko’ngilga xush yoquvchi qo’shiqlar ham ijro etildi. Tadbirda fakultet talabalari Orzigul Aliyeva, Nafisa Mahmudova, Kumush Sohibova, Bunyod Boboyev, Mirjalol Xoliqovlarning chiqishlari katta taassurot qoldirdi. Tadbir davomida kollejda o’qish davrida o’zining iqtidori, iste’dodi va tirishqoqligi bilan alohida namuna bo’lgan yoshlar fakultet rahbariyati tomonidan faxriy yorliq bilan taqdirlandi hamda ularga tuhfa sifatida kitoblar jamlanmasi taqdim  etildi. Taqdirlashni fakultet dekani M.Hamrayeva o’tkazdi. Tadbirda kollej kutubxonasi uchun ham kitoblar jamlanmasi tuhfa etildi.