Home / BO'LIMLAR / O’quv-uslubiy boshqarma

O’quv-uslubiy boshqarma

0102Bo‘lim boshlig‘i:  Imanov Baxtiyor Berdievich,

pedagogika fanlari nomzodi, dotsent

Telefon: +99891 -582-57-00

Termiz davlat universitetida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan o‘quv-metodik bo‘limi, amaliyot bo‘limi va malaka oshirish bo‘limlari birlashtirilib o‘quv-uslubiy boshqarma tashkil qilindi. “O‘quv-uslubiy  boshqarma xodimlarining  lavozim  vazifalari  va  majburiyatlari   yo‘riqnomasi”  ishlab chiqilib, hozirgi kunda 18 ta shtat birligi hisobida 17 nafar xodim faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Shuningdek, ularning mehnat faoliyatini mazkur meyoriy hujjat asosida “O‘quv-uslubiy  boshqarma xodimlarining  lavozim  vazifalari  va  majburiyatlari   yo‘riqnomasi” ga muvofiq  tashkil etmoqdalar.

O‘quv-uslubiy boshqarma asosan, O‘zbekiston Respublikasining ta’limga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at Qarorlari, buyruqlari, yo‘riq xat, modemogramma va telefonogrammalari, shuningdek, rektor buyruqlarining fakultetlar, kafedralar, bo‘limlarda bajarilishini ta’minlaydi va monitoringini olib boradi. Shu bilan bir qatorda, universitetda o‘quv jarayoni samaradorligini va ta’lim sifatini oshirish, o‘quv jarayonini ilmiy asosda tashkil etish Davlat ta’lim standartlari talablari,  shakllantirilgan namunaviy o‘quv rejalari va fan dasturlari va boshqa meyoriy hujjatlar asosida tashkil etilgan.

O‘quv-uslubiy boshqarma tomonidan ishlab chiqilgan o‘quv jarayoni jadvali va ishchi o‘quv rejalar asosida fakultetlarda  o‘quv mashg‘ulotlari jadvali ishlab chiqilishi tashkil etilgan, tasdiqlangan va uning bajarilishi nazorat qilinmoqda. Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimini o‘quv jarayonida qo‘llash, bajarish va o‘zlashtirish natijalarini tahlil etib borish tashkil qilingan. Talabalar malakaviy amaliyoti va ishlab chiqarish amaliyotlari ishlab chiqarish korxonalari integratsiyasi asosida olib borilmoqda. Kafedra o‘quv yuklamalari “Vaqt meyorlari”ga muvofiq ishlab chiqilib, professor-o‘qituvchilar shaxsiy ish rejalari shakllantirilgan va bajarilishi nazorat ostiga olingan. Bitiruv malakaviy ishlariga ilmiy rahbarlik qilish uchun ko‘proq buyurtmachi tashkilot, korxonalarning yetakchi mutaxassislari jalb etilgan va  mavzularning dolzarbligi, sifat darajasi, uning ilmiyligi va xalq xo‘jaligi ehtiyojlariga mosligini nazorat qilish bo‘yicha doimiy monitoring yuritilmoqda hamda yakuniy davlat attestatsiyasiga tayyorgarlik ko‘rish  va uni sifatli tashkil etish bo‘yicha maxsus chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.

O‘quv-uslubiy boshqarma xodimlari doimiy ravishda talabalarni kursdan-kursga ko‘chirish, talabalar safidan chiqarish va stipendiya belgilash ishlarini to‘g‘ri bajarilishini nazorat qilib borishadi. O‘quv jarayonini moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha mutasaddi bo‘limlar bilan hamkorlikda takliflar tayyorlashni tashkil qilish hamda  uslubchilar tomonidan ARM ning axborot fondi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘rganib va undan samarali  foydalanish bo‘yicha hamkorlik  qilish ishlarini amalga oshirilmoqdalar.

Dekanatlar va kafedralardagi ish yuritish hujjatlarini o‘rganish orqali ularda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha uslubiy maslahatlar berib borish yo‘lga qo‘yilgan.

Bundan tashqari, universitet fakultetlari va kafedralarida o‘quv jarayonining borishini yanada takomillashtirish uchun o‘quv-uslubiy boshqarma tomonidan “Professor-o‘qituvchining shaxsiy ish rejasi va reyting nazoratlarini qayd etish jurnali”,  “Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‘g‘risidagi nizomni amaliyotga joriy etish bo‘yicha yo‘riqnoma”, “ Talabalar mustaqil ishini tashkil etish va nazorat qilish bo‘yicha yo‘riqnoma”, “ Kurs ishlarini yozish va rasmiylashtirish bo‘yicha yo‘riqnoma”, “ Soatbay fondni rejalashtirish va taqsimlash tartibi to‘g‘risida yo‘riqnoma”, “Dekanat va kafedralarda ish yuritish tizimini takomillashtirish bo‘yicha yo‘riqnoma”, “ Malakaviy va pedagogik amaliyot o‘tash bo‘yicha universitet Nizomi”, “Malakaviy bitiruv ishi va magistrlik dissertatsiyalarini yozish va rasmiylashtirish bo‘yicha yo‘riqnoma”, “ Qarshi davlat universiteti sifat komissiyasining nizomi”, “ Talabalar tomonidan qoldirilgan darslarni o‘zlashtirish tartibi to‘g‘risida nizom””, “Termiz davlat universiteti stipendiyasi va uni tayinlash tartibi to‘g‘risida nizom”, “Termiz davlat universiteti professor-o‘qituvchilarining vazifalari va majburiyatlari  to‘g‘risida yo‘riqnoma” , “Dars kuzatish daftari (Oliy ta’lim muassasalari uchun)” va boshqa ichki nizom va yo‘riqnomalar ishlab chiqildi va amaliyotga tatbiq etildi.

 

  

O‘quv- uslubiy boshqarma tarkibi

  F.I.SH. Lavozimi
1  Imanov Baxtiyor Berdievich Boshqarma boshlig‘i, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent
2 Nazarova Dilorom Abduqayumova Uslubchi
3 Abduqayumova Nargiza Raimovna Uslubchi
4 Yadgarova Salima Amonovna Uslubchi
5 Xaitmurodova Zaynura G’aybullayevna Uslubchi
6 Allanazarov Allanberdi Xudoynazarovich Statist
7 Eshmo’minov Asqar Allamurodovich Inspector
8 Aknazarova Saodat Mengliboyevna Dispetcher
9 Djurayeva Barno  Xolikovna Dispetcher
10 Najmiddinova Muxabbat

Najmiddin qizi

Dispetcher
11 Odinayev Alibek Axrorovich Dispetcher
12 Olimova Surayyo Bazarovna Dispetcher
13 Malikov Anvar Abdulahatovich Dispetcher
14 Amirqulova Nafisa Abduqodirovna Dispetcher
15 Xolliyeva Muyassar Husan qizi Dispetcher
16 Jovliyeva Durdona Shuxrat qizi Dispetcher
17 Xoliyarov Sayriddin O’rozali o’g’li

Dispetcher