Bosh sahifa / BO'LIMLAR / Xalqaro aloqalar bo‘limi

Xalqaro aloqalar bo‘limi

20180309_211809 - копияBo‘lim boshlig‘i:  Tog’ayev G’afur Erkin o’g’li

Bo‘lim uslubchisi: Bo’riyev Xoliddin Ja’farovich

Tel.: +99897 242 5767       Tel.: +99899 674 1211

  Elektron manzil:   termduxab@mail.ru      scream-jgb@mail.ru

  Xalqaro aloqalar bo‘limining maqsadi:

Xalqaro aloqalarni rivojlantirish orqali Termiz davlat universitetida ta`lim sifatini yaxshilash, modernizatsiya qilish va zamonaviy o‘quv jarayonini tashkil etish hamda Termiz davlat universitetining respublika oliy o‘quv yurtlari orasida yetakchilar qatoridan o‘rin olishiga ko‘maklashish.

Xalqaro aloqalar bo‘limi universitetning xorijiy oliy ta’lim muassasalari, ilmiy tadqiqot markazlari va malaka oshirish institutlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, eng so‘nggi o‘quv va ilmiy tajribalarni o‘rganish va ularni ta’limga tadbiq etish, talaba va o‘qituvchi xodimlarni dunyoning nufuzli ta’lim muassasalarida tajriba orttirib qaytishi kabi tashkiliy ishlarni muvofiqlashtiruvchi va boshqaruvchi bo‘limdir. Bu esa o‘z navbatida ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga bo‘lim universitetda Xalqaro aloqalarni rivojlantirishga, kadrlar tayyorlash jarayonini takomillashtirishga hamda o‘quv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot ishlarida jahon tajribasidan samarali foydalanish maqsadida tashkil qilingan.

Xalqaro aloqalar bo‘limining vazifalari:

  • Termiz davlat universitetida Xalqaro aloqalar Kengashi tomonidan ishlab chiqilgan xalqaro hamkorlik strategiyasi yo‘nalishlari hamda Kengash taklif etgan rivojlantirish bo‘yicha masalalarni amalga oshiradi;
  • Xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan mutaxassislarni universitet o’quv jarayoniga jalb qilish;
  • Xalqaro aloqalar Kengashiga xalqaro aloqalarni takomillashtirishga qaratilgan o‘z takliflarini taqdim etadi;
  • Xorijga yuborilgan professor-o‘qituvchilar, aspirantlar hamda talabalar tomonidan taqdim etilgan hisobot, ma’lumotlarni qabul qilib oladi, tahlil qiladi, umumlashtirib Xalqaro aloqalar Kengashiga taqdim etadi;
  • O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi jamg‘armasi, «Iste’dod» jamg‘armasi tomonidan ta’sis etilgan ta’lim grantlari dasturida professor-o’qituvchilar va talabalarning ishtirokini ta’minlaydi;
  • Termiz davlat universiteti fakultetlari, kafedralari va bo‘limlarining xorijiy davlat va nodavlat tashkilotlari, xalqaro tashkilotlar tomonidan ta’sis etilayotgan loyiha va dasturlarda talaba yoki professor – o‘qituvchilarning ishtirokini tashkil etadi, nazoratni amalga oshiradi; shuningdek fakultet, kafedra va bo‘limlarga ushbu loyihalarni amalga oshirishda har tomonlama va atroflicha yordam beradi;

Bo‘limning boshqa oliy ta’lim muassasalari bilan o‘rnatgan aloqalar jarayoniga universitet talabalarini jalb etish.

Xalqaro aloqalarning ustuvor yo`nalishlari:

  • universitet professor-o‘qituvchilari, doktorantlar va talabalar malakasini oshirish;
  • ta’lim jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish;
  • xorijning nufuzli oliy ta`lim muassasalari bilan hamkorlik o`rnatish;
  • xalqaro grant va dasturlarda ishtirok etib, xorijiy sarmoyalarni jalb qilish;
  • xorijiy OTMlardan yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislarni ma’ruza o‘qish uchun taklif qilish;
  • imzolangan shartnomalar doirasida turli muddatli xorijiy safarlar tashkil etish;
  • xorijiy hamkor OTMlar bilan birgalikda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va forumlar tashkil qilish;
  • O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan elchixona va vakolatxonalar bilan ta’lim sohasida do‘stona aloqalar o‘rnatish va boshqalar.

DSC_4344 IMG_0142 IMG_9939 IMG_9994 photo_2018-03-31_15-16-36

5 comments

  1. Pingback: essayforme

  2. Pingback: Generic cialis

  3. Pingback: Cialis 5 mg

  4. Pingback: Generic cialis

  5. Pingback: cwnt54mxwct7nvencwv4ebycf