Home / BO'LIMLAR / Devonxona

Devonxona

104399Devonxona mudiri:  Djavliyeva Mavluda Tashmuratovna

Telefon: (+99890 294 1011)

Elektron manzil: terdudevonxona@umail.uz

  

 

Devonxona  faoliyati  haqida  ma’lumot

Devonxona  universitetning  tarkibiy  tuzilmasiga  kiradi  va  bevosita  rektor  boshqaruvida  ish yuritadi.

Devonxonaning  zimmasiga  quyidagi  asosiy  vazifalar  kiradi:

  • Universitetga keluvchi hujjatlarning to‘g‘ri hisobga olish, o‘z vaqtida qayd etilshi va ijrochilarga topshirlishini tashkil etish;
  • Universitetdan chiquvchi hujjatlarning to‘g‘ri rasmiylashtirilishini ta’minlash;
  • Rektor nomiga keluvchi hujjatlarni qabul qilib olish, ularni qayd etish va ma’lum qilish uchun topshirish;
  • Rektor ko‘rsatmasiga muvofiq hujjatlarni ijro etishga yuborish;
  • Rektor (prorektor) imzosi bilan yuboriladigan  hujjatlar qayd etilib, to‘g‘ri rasmiylashtirilganligi tekshirish;
  • Kiruvchi xat-xabarlarni, universitet rekvizitlari yozilgan bosmaxona blankalarini xisobga olib borish;
  • Ijro etilgan xujjatlarni yig’ma jildlarga tikib kuyish;
  • Ish yuritishda tugallangan hujjatlarni arxivga topshirish uchun rasmiylashtirish;
  • Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi va Surxondaryo viloyat hokimligi hamda turli tashkilot va fuqarolardan kelgan xat va kelib tushgan hujjatlarni qabul kilish, ro‘yxatga olish va bajaruvchisiga topshirish, jo‘natiladigan hujjatlarni ruyxatdan o‘tkazish va joylarga yuborishni tashkil etish;
  • Hujjatlarni  ijro etilishi ustidan nazoratini tashkil etish ular to‘g‘risida oylik, choraklik, yillik xisobotlarni boshqarma boshlig‘iga taqdim etish ishlarini olib borish;
  • Universitetda ish yuritish bo‘yicha tegishli amaliy-metodik yordam berish va ularning ishini nazorat qilish;
  • Rektor buyruqlarini ro‘yxatga olish va ijrochilarga yetkazish;
  • Ish yuritish va hujjatlar bilan ishlashda o‘rnatilgan tartiblarni takomillashtirish borasida bo‘linmalar bilan xamkorlikda ish olib borish va tegishli chora-tardbirlarni ishlab chiqish;