Home / IQTIDORLI TALABALAR / Jo’rayeva Guli

Jo’rayeva Guli

MYXJ_20170318082224_fast_001_001_002Jo’rayeva Guli Xudoyorovna 1994 yil 25-iyunda Sherabod tumanida tug’ilgan. 2001 yilda Sherabod tumanidagi 27-umumiy o’rta ta’lim maktabiga 1- sinfga qabul qilindi. 2009-yilda ushbu maktabni a’lo baholarga tamomlab, Sherabod tuman Pedagogika va iqtisodiyot kollejining Maktabdan va sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar ta’lim yo’nalishiga o’qishga kirdi.

2013-yil ushbu kollejni tamomladi. 2014-yilda Termiz davlat unversiteti Jismoniy madaniyat fakulteti Ayollar sport ta’lim yo’nalishiga o’qishga kirdi. Hozirgi kunda Jismoniy madaniyat fakulteti Ayollar sport ta’lim yo’nalish 3-kurs talabasi.

Jo’rayeva Guli Xudoyorovnaning erishgan yutuqlari. 2016-yil 30-martda Termiz davlat unversitetida bo’lib o’tgan O’zbekiston Yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy kengashi tomonidan, Oliy ta’lim muassasalaridagi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining boshlang’ich tashkilotlari, Kengash a’zolari fakultet sardorlari uchun o’tkazilgan seminar-treningdagi faol ishtiroki uchun GUVOHNOMA bilan taqdirlandi.022016-2017-yilda Oliy ta’lim muassasasi miqyosida o’tkazilgan I. A. Karimov hotirasiga bag’ishlangan “Qalblarda mangu yashaysiz” tadbirida faol ishtiroki uchun Faxriy yorliq bilan taqdirlandi.

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan Termiz davlat universitetida amalga oshirilgan loyiha va tadbirlarda faol ishtirok etganligi va namuna ko’rsatganligi uchun Tashakkurnoma bilan taqdirlangan.Maqsadi: Termiz davlat universitetining faol talabalaridan biri bo’lish. Kelajakda O’zbekiston ravnaqiga munosib xissa qo’shadigan yetuk kadr bo’lib yetishish hamda Zulfiya xonim izdoshlari safidan joy egallash va ushbu sharafli nomga munosib shoira bo’lib yetishish.3

2