Bosh sahifa / KAFEDRALAR / Ingliz tili va…

Ingliz tili va…

INGLIZ TILI VA ADABIYOTI KAFEDRASI

44887

Kafedra mudiri: Xudayqulov Abdulla Eshquvatovich

 Telefon :  + 998 90  247-03-87

Kafedra tarixi

 Termiz davlat pedagogika institutida 1969 yilda Chet tillar fakulteti ochilgan, unda ingliz tili va nemis tili kafedralari faoliyat ko’rsata boshlagan.

 Ingliz tili kafedrasi salohiyati shu yillardan kengaya bordi va mutaxassis kadrlar tayyorlana boshladi.

 Termiz davlat universitetining buyrug’iga asosan 1998 yil 4-sentyabrda ingliz tili kafedrasi «Ingliz filologiyasi kafedrasi» va «Fakultetlararo ingliz tili» kafedralariga ajratildi. 2011 yil 8 fevralda har ikkala kafedra qo’shilgan bo’lsa, 2011 yil 31 avgustdan boshlab ular alohida kafedra sifatida faoliyat ko’rsatib kelmoqda.

Hozirgi kunda “Ingliz filologiyasi” kafedrasi mutaxassislik kafedrasi sifatida 5111401 – Xorijiy til va adabiyoti  (ingliz tili), 5120100 – Filologiya va tillarni o’qitish (ingliz tili)  yo’nalishlari bo’yicha  bakalavrlar  tayyorlab  kelmoqda. 2005 yildan buyon kafedra qoshida  5A 220102-Lingvistika (ingliz tili) mutaxassisligi  bo’yicha magistratura ochilgan.

2011 yildan buyon esa 5A 111401- “Xorijiy til va adabiyoti” (ingliz tili) mutaxassisligi bo’yicha magistrlar tayyorlanmoqda. 2014-2015 o’quv yilida 14 nafar magistrantlar tahsil olishmoqda.

Kafedra  o’quv rejaga asosan 40 ta  fan biriktirilgan, shundan 29 ta fan bakalavriatda, 11 fan magistratura bosqichida o’tiladi. Barcha fanlardan namunaviy va ishchi o’quv dasturlari,  o’quv metodik majmualar yaratilgan.

Hozirda kafedrada 1 nafar fan nomzodi, 7 nafar katta o’qituvchi, 21 nafar o’qituvchi – jami 29 professor-o’qituvchi faoliyat ko’rsatib, yoshlarga ta’lim-tarbiya berib kelmoqdalar.

4 nafar fan doktorlari soatbay va o’rindoshlik asosida faoliyat ko’rsatmoqdalar.

Kafedra Respublikamizdagi nufuzli oliy o’quv yurtlarining turdosh kafedralari, shuningdek, viloyatimizdagi qator akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bilan ilmiy-amaliy aloqalarni yo’lga qo’ygan.

 KAFEDRA MUDIRLARI

1991-yildan 1995-yilgacha dots. Jabborov B.J. kafedra mudiri bo’lib faoliyat yuritgan.

1995-yildan 1997-yilgacha dots. Choriyev A.CH. kafedra mudiri bo’lib faoliyat yuritgan.

1997-yildan 1999-yilgacha k.o’q. Qayumov R.R. kafedra mudiri bo’lib faoliyat yuritgan.

1999-yildan 2004-yilgacha k.o’q. Dautova M.SH. kafedra mudiri bo’lib faoliyat yuritgan.

2004-yildan 2009-yilgacha dots. Panjiyeva N.N. kafedra mudiri bo’lib faoliyat yuritgan.

2009-yildan 2011-yilgacha k.o’q.Raxmonov YU.R. kafedra mudiri bo’lib faoliyat yuritgan.

2011-yildan 2012-yilgacha prof. Shodmonov Q.B. kafedra mudiri bo’lib faoliyat yuritgan.

2012-yildan 2015-yilgacha k.o’q.Xudayqulov A. E. kafedra mudiri bo’lib faoliyat yuritgan.

2015-yildan 2016-yilgacha f.f.n. Panjiyeva N.N. kafedra mudiri bo’lib faoliyat yuritgan.

2016-yil may oyidan boshlab hozirgacha k.o’q.Xudayqulov A. E. kafedra mudiri bo’lib faoliyat yuritmoqda.

Kafedra bakalavriat ta’lim yo’nalishi:

  • Kafedra 1991 yildan buyon muntazam ravishda 5220100 – Filologiya (ingliz tili), 2011 yildan boshlab 5120100 – Filologiya va tillarni o’qitish (ingliz tili) yo’nalishi  bo’yicha, 2013 yildan boshlab 5111400-Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) ta’lim yo’nalishlari bo’yicha bakalavrlar tayyorlab kelmoqda.

 Kafedra magistratura mutaxassisliklari:

  • 2005 yilda kafedra qoshida 5A220102 –Lingvistika (ingliz tili) mutaxassisligi bo’yicha magistratura ochilgan. 2007 yilda 10 nafar, 2008 yilda  7, 2009 yilda 9, 2010 yilda 8 nafar magistrantlar bitirishgan.
  • 2011 yildan boshlab 5A 111401 –Xorijiy til va adabiyot (ingliz tili) mutaxassisligi bo’yicha kadrlar tayyorlanmoqda.

 

Ingliz filologiyasi kafedrasi professor-o’qituvchilari

  1. Xudoyqulov Abdulla Eshquvatovich
  2. Panjiyeva Nasiba Noraxmatovna
  3. Nazarova Ziyoda Kattayevna
  4. Po’latova Sayyora Yuldashevna
  5. Davlatova Elvira Muradovna
  6. Mardonova Ra’no Ochildiyevna
  7. Fozilov Odil Yuldashevich
  8. Ahmedova Shahodat Mahmudovna
  9. Qodirova Muqaddas Tog’ayevna
  10. Shoynazarova Vazira Xo’shboqovna
  11. To’rayeva Go’zal Xudoynazarovna
  12. Qayumova Shahnoza Qobiljonovna
  13. Mustafayeva Nilufar Ulashevna
  14. Abdullayeva Nilufar Ramazonovna
  15. Hasanova Kamila Baxtiyorovna
  16. Hayitova Feruza Abduxoliqovna
  17. Kattayeva Feruza Shokirovna
  18. Toshpo’latova Mexriniso Qilichesvna
  19. Haydarova Kamola Davronovna
  20. Farmonov G’ayrat Xo’jaqulovich
  21. Xodjayeva Nodira Tursunovna
  22. Madalov Navro’z Ergashevich
  23. Xidirova Maxfuza Amirqulovna
  24. Ro’ziyev Husniddin Bahriddinovich
  25. Toshpo’latov Akmal Xolmirzayevich
  26. Bo’ronova Lola Uktamovna
  27. Raxmonova Gulruh Shaymardankulovna
  28. Tojiyeva Mastura Fayzullayevna
  29. Jabborova SHoira Boltayevna

 Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari:

QODIROVA MUQADDAS TOG’AYEVNA – Ingliz va o’zbek tillarida murojaat shakllarining tarixiy-tadrijiy rivojlanishi

 DAVLYATOVA ELVIRA MURADOVNA – Zaimstvovaniya v aspekte mejkulturnoy kommunikatsii

XUDAYQULOV ABDULLA ESHQUVATOVICH – Angliyskiye zaimstvovaniya v pamyatnikax russkoy i uzbekskoy delovoy pismennosti.

f.f.n. PANJIYEVA NASIBA NORMAXMATOVNA – Kognitivnыe osnovaniya antroponimov  v sisteme yazыka  i v tekste (na materiale angliyskogo, russkogo i uzbekskogo yazыkov

KAYUMOVA SHAHNOZA QOBILJONOVNA – Ingliz, rus va o’zbek tillarida taqinchoq nomlarining lingvokulturologik tadqiqi

 Grantlar:

Kafedra a’zolaridan A.Xudoyqulov, O.  Fozilov, N. Mustafayevalar Respublika “Iste’dod” jamg’armasi grant sovrindorlari bo’lishgan va  qator xorijiy mamlakatlarning yetakchi universitetlarida  malaka oshirishgan.

2012 yildan buyon TEMPUSning TUCAHEA (Towards a Central Asian Higher Education Area) xalqaro loyihasida ishtirok etmoqda.

Kafedra manzili:  Chet tillar fakulteti 2 – qavat 212 –xona