Home / TALABALAR IJODIDAN / (ingliz tili)

(ingliz tili)

Boshlang’ch sinflarda xorijiy tillar (ingliz tili)ni o’qitishni yana mukammallashtirish

Shuni unutmaslik kerakki kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida

yaratiladi, boshqacha  aytganda xalqimizning ertagi kuni qanday

bo’lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog’liq”

O’zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I. A. Karimov

Mustaqillik yillarda xalq farovonligini oshirish va o’sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama barkamol bo’lib voyaga yetishlarini ta’minlash sohasida yurtimizda qisqa davrda ulkan ishlar  amalga oshirildi. Mamlakatimizda  ta’lim tizimda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlar tufayli navqiron avlodning zamonaviy bilim olishi, kasb-hunar egalashi uchun beqiyos imkoniyatlar yaratilgan. Yurtimiz o’g’il-qizlarini barkamol insonlar etib tarbiyalashga xizmat qilayotgan bunday ezgu say-harakatlar doirasida o’quvchilarni chuqurlashtiilgan tartibda  va innovatsion texnologiyalar asosida bilim olishlariga a’lohida e’tibor qaratilmoqda. Hozirgi kunda jahon hamjamiyatda o’ziga xos o’rin egalash uchun nafaqat o’zbek tili, balki xorijiy tillarni ham mukammal darajada o’rganish, o’rgatishni oldimizga katta maqsad qilib qo’yishamiz shart. Bugungi kunda davlatimiz tomonidan 12-yillik majburiy, bepul ta’limda ham, oily ta’limda ham xorijiy tillarni rivojlantirish uchun samarali ishlar yo’lga  qo’yilmoqda. Mamlakatimizning birinchi prezidenti  I. A.Karimov ta’biri bilan aytganda “Yosh avlodni ham ma’nan, ham jismonan zuvalasi pishiq qilib ulg’aytirish uchun ta’lim-tarbiyani aynan yoshligidanoq berib borish lozim”.  Bugungi globallashuv, axborot asri maktab ta’lim tizimida, xususan, boshlang’ich ta’limda xorijiy til (ingliz tili)ni o’rgatishni yuqori darajaga olib chiqish zarur. Chunki inson ongi, tafakkuri ayni shu yoshlarda boshqa davrlarga qaraganda juda samarali fa’oliyat yuritadi.  Bu esa, o’z navbatida bola ongida shu davrda muhrlangan voqea, hodisalar bir umrga uning xotirasida qolib ketishi uchun tamal toshi vazifasini o’taydi. Boshlang’ich sinfda bitta bo’lsa ham xorijiy tilni mukammal o’rgangan bola keyinchalik boshqa tillarni ham bemalol, qiynalmasdan o’rganadi. Zero, “Yoshlikda olingan bilim, toshga o’yilgan naqshdir”. Bo’shlang’ich sinflarda  ingliz tilini o’gatish uchun turli xildagi zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanib darslarni olib borishni ma’qul deb bilaman. Masalan 1-sinf o’quvchilarida “raqamlar” “Numbers” mavzusi o’tilishi kerak. Ushbu mavzuni o’qituvchi faqatgina yaxshilab o’qib, tushuntirib berib, yangi so’zlarni yozdirib, uyga vazifani so’rash jarayonida yana shularni qaytarib so’rab olish bilan yaxshi natijaga erisha olmaydi. Statistik ma’lumotlarga qaraganda o’quvchi ma’ruza davomida 20%, o’qish jarayonida 30- 40 %, yodlash jarayonida 40%, ko’rish jarayonida 50%, o’zaro bahs-munozara jarayonida 80-90% bilimlarni o’zlashtirib olar ekan. Bundan ko’rinadiki, ushbu mavzuni bolaga tushuntirish jarayonida rasmlar, yumshoq o’yinchlar, mutfilm, videorolik, jonli obyektlar, pantamimo, mimikalar yordamida foydalanib olib borish zarur. Kompyuterda mutfilim tayorlash lozim. Rasmlarni tilga kirgizib, ko’rgazmali roliklar tayyorlab dars o’tish lozim. O’quvchilarga yangi tushunchalarni real hayot bilan bog’lab o’rgatish zarur. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida ingliz tilini o’qitish bo’yicha faqat xorijiy til o’qituvchisi emas, balki boshlang’ich sinf o’qituvchisining o’zi ham katta bilimga ega bo’lishi kerak. Boshlang’ich sinf  o’qtuvchisi 4-yil davomida bolada qanday o’zgarish, qobiliyat borligini tezroq payqaydi, bolani yaxshi tushunadi, o’quvchi ham faqat o’z ustoziga mehr qo’yadi. Shu sababdan ingliz tilini chuqurlashtirgan holda boshlang’ich sinf o’quvchilarida ushbu fanni o’qitishni, ularning o’z sinf rahbarlari zimmasiga tobshirish lozim. Oily ta’limda ham yangilanish olib borgan  holda, BT yo’nalishida o’qiyotgan talabalarning mutaxassislik fanlari sirasiga  ingliz tilini ham qo’shish lozim deb o’ylayman. 4. yil davomida ushbu fanni bekamu-ko’st  egallagan talabani sinovdan o’tkazib, imtiyoz sifatida mutaxassislik tavsiyanomasini tibshirilsa  nur ustiga a’lo nur bo’lardi. Mamlakatimiz prezidenti Sh. M. Mirziyoyev o’z nutqlarida aytib o’tganlaridek, “Avvalo o’quvchini emas, o’qituvchini bilimini, salohiyatini yuksak pog’onaga olib chiqish zarur, shundagina u ta’lim – tarbiya bergan o’quvchi yuksak marralarni ko’zlaydigan, intellektual, salohiyatli kadr bo’lib yetishadi”. Shunday navqiron, mustaqil bir davlatda yashayotgan ekanmiz, kelajagimiz poydevorini mustahkam qilib quraylik. Zero, bugungi yosh avlod bizning  osoyishta hayotimiz davomchilaridir.  Xulosa o’rnida shuni aytishim lozimki, yosh avlodlarning ta’lim tarbiyasiga bee’tibor bo’lmaylik. Ular uchun qadamlarni shaxdam bosib, yo’llarini ravon qilaylik.

Ergasheva Gulchexra Sultonmurod qizi

TerDu pedagogika fakulteti

BT va Sti yo’nalishi talabasi