Home / Tadbirlar / Zakovat

Zakovat

2017 yil 05 iyun kuni Tarix fakulteti «Jahon tarixi» kafedrasi qoshidagi «ZAKOVAT» ilmiy to’garagining navbatdagi soni o’tkazildi. Mazkur to’garagi jamoalariga S.Tursunov va boshqalar avtorligida yozilgan “Surxondaryo tarixi” monografiyasidan savollar tuzilib jamoalarga o’qib eshittirish bilan boshlandi. Jamoalarga jami 6 ta savol berildi. YUqorida berilgan savollarga “Avesto” guruhi jamoasidan  U.Iskandarov, X,SHoimqulov, B.Samadovlar to’g’ri va aniq javob berishdi.  “Tarmita”  jamoasidan esa M.Bozorov, M.Ashurovlar faol ishtirok etishdi.  Ushbu “Zakovat” o’yinida   “Avesto”  jamoasi o’z topqirligi va zukkoligi bilan 6 ta savoldan 4 tasiga to’g’ri, aniq javob topishdi va  o’yin g’olibi deb topildi.Рисунок7