Home / TALABALAR IJODIDAN / Barkamol yurt tayanchi-yoshlar

Barkamol yurt tayanchi-yoshlar

Rahmatillayeva Mohinur Doniyorovna

 TerDU Pedagogika fakulteti 2-bosqich talabasi

 Vatanimizning taqdiri, xalqimizning ertangi kuni, mustaqilligimizning bardavomligi yurtimiz tayanchi bo’lgan bevosita yoshlarimizga bog’liqdir.Yoshlar hayotimiz bardavomchilari, kelajagimiz poydevori hamdir. Chunki mamlakatimizning eng katta kuchi va salohiyati yoshlarimizdir. Yoshlar bor vatan ravnaq topadi, gullab yashnaydi. Buyuk kelajakni faqatgina mard va jasur, ko’zlarida ishonch, yuragida o’ti, qalbida mehr-muruvvati bo’lgan yoshlargina qura oladi. Ertangi kunni bilimli, salohiyatli, ma’naviyatli, o’ziga ishongan, kuch-qudratli sog’lom yoshlargina davom ettiradi. Mustaqil yurtni sog’lom avlodgina bunyod etadi.

         Yoshlar kelajak istiqbollaridir! Buning yaqqol misoli sifatida yoshlarimizning sport sohasida erishgan yutuqlari, ta’lim sohasida qilayotgan kashfiyotlari, tadbirkorlik sohasini yanada takomillashtirib, tibbiyot sohasiga qo’shayotgan hissalaridir. Xususan, buyuk jasorat sohibi I.A.Karimov aytganlaridek: “Vatanimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obru-e’tibori, avvalambor, farzandlarimizning unib-o’sib ulg’ayib qanday inson bo’lib hayotga kirib borishiga bog’liqdir”. Mamlakatimizning Birinchi Prezidenti I.A.Karimov yoshlarimizga yuksak ishonch bildirganlar. Chunki yoshlar qanchalik kuchli, ma’naviyatli, bilimli, aqlli, dono, teran fikrli  bo’lsa, mamalakat shunchalik ravnaq topadi.

           Mustaqillikdan so’ng yoshlarimizga bo’lgan e’tibor yanada kuchayib,  ularga cheksiz imkoniyatlar eshigi ochilmoqda. Barcha maktab, litsey, kasb-hunar kolleji, oliy ta’lim muassasalari zamonaviy texnika vositalari bilan jihozlanmoqda . Mana shunday imkoniyatlardan  yoshlarimiz keng foydalanib, ilm- fan sirlarini o’rganish bo’ladimi, zamonaviy bilim va kasb hunarlarni tanlash bo’ladimi, axborot- kommunikatsiya texnologiyalari, internetdan foydalanish  bo’ladimi, barcha-barcha sohalarda yuksak cho’qqilarni egallamoqdalar. Hattoki, shunday ilg’or yoshlarlarimiz borki, ko’pgina sohalarda professor o’qituvchilardan kuchli bilimga ega ekanligini hech kim inkor eta olmaydi. Bugungi kun yoshlari shunchalik talabchan, izlanuvchanki, turli xil kashfiyotlar qilib hammani lol qoldirmoqda. Yoshlarning mana shunday teran fikrli bo’lishiga ustoz va murabbiylarning o’rni beqiyosdir. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan yoshlarimizga katta e’tibor berib 2016-yil 24-avgustda “Yoshlarga oid davlat siyosat to’g’risida”gi davlat dasturi haqidagi qonun qabul qilindi. Ushbu qonun 33-moddadan iborat bo’lib, qonunning har bir moddasida yoshlar to’g’risida alohida to’xtalib ularga sog’lom va barkamol yoshlarni tarbiyalashga, jamiyat hayotida ularning roli hamda faolligini oshirishga doir tadbirlarni tashkil etish, yoshlarni ijtimoiy jihatdan qo’llab-quvvatlash, fan, sport, san’at va madaniyat sohasida yoshlarning ijodiy iste’dodini rivojlantirish kabi bir qator masalalarni amalga oshirish maqsad qilib qo’yildi.

Yoshlar kelajak bardavomchilaridir! Xususan, 2016 yilgi Rio-de Janeyroda bo’lib o’tgan sport musobaqalarida hamyurtlarimiz, Vatan ravnaqi uchun kurashib, uning bayrog’ini yuksak cho’qqilarga ko’tarishga astoidil bel bog’ladilar. Bo’lib o’tgan olimpiada o’yinlarida O’zbekiston yoshlari vatanimiz bayrog’ini yuksak cho’qqilarga ko’tarib O’zbekistonning buyukligini yana bir karra jahonga tanitdi. Bu olimpiada o’yinlarida hamyurtlarimiz Ruslan Nuriddinov, Fazliddin G’oyibnazarov, Xasanboy Do’stmatov, Shahobiddin Zoirov, Shahram G’iyosov, Bektemir Mengliqo’ziyev va boshqalar to’rtta oltin, ikkita kumush, yettita bronza medallariga sazovor bo’ldilar. Bu yutuqlarning barchasi go’zal va betakror ona diyorimiz O’zbekistonning gururi, iftixoridir. Yurtimizning buyuk kelajagi, bardavomligi hozirgi kunda, asosan, maktablarda, oliy va o’rta-maxsus o’quv yurtlarida ta’lim-tarbiya olayotgan iste’dodli, ijodkor va tashabbuskor yoshlarimizga bog’liqdir. Chunki bu yoshlar mamlakatimiz iqtisodiyoti, madaniyati, ishlab chiqarish sohalarida ijod qiladigan, kelajagimiz poydevirini yaratadigan yoshlardir. Agar yoshlarimiz ma’nan yetuk, jismonan sog’lom bo’lib voyaga yetsalar mamalakatimiz taraqqiy etadi, ertangi hayotimiz nurga to’ladi. Zotan, mamlakatimiz Brinchi Prezidenti I.A.Karimov aytganlaridek: ”Bugungi kunda yurtimizda, ertangi kunimizni o’z qo’limiz bilan quramiz, degan yoshlarni ko’rganimda, menda xuddi qanot paydo bo’lgandek bo’ladi. Biz bunyot etayotgan bu go’zal hayotni ertaga kimning qo’liga topshiramiz? Albatta, hech kimdan kam bo’lmaydigan yoshlarimiz, farzandlarimizning qo’liga! O’zbekistonda yangi avlod paydo bo’layotganini dunyo tan olyapti. Bunday avlod bilan ertaga, albatta, maqsadlarimizga yetamiz”. (Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo’lida xizmat qilish-eng oliy saodatdir.asaridan.) Bu buyuk zotning biz yoshlarga qarata aytgan fikrlarining tag zamirida bizni ertangi kunga bo’lgan ishonchimizni oshirish, kelajak maqsadlarimiz sari olg’a qadam tashlashimiz, eng muhimi o’zimizni o’zligimizni unutmasligimiz, Vatanimizning bayrog’ini yuksak cho’qqilarga ko’tarishimiz  lozimligi ifoda etilgan. Zero, sog’lom yurtni faqatgina, sog’lom avlodlar barpo eta oladi. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ushbu so’zni bot-bot takrorlaydilar: “Bizning havas qilsa arziydigan buyuk tariximiz bor. Havas qilsa arziydigan ulug’ ajdodlarimiz bor. Havas qilsa arziydigan beqiyos boyliklarimiz boyliklarimiz bor. Va men ishonamanki, Xudo xohlasa, havas qilsa arziydigan buyuk kelajagimiz ham albatta bo’ladi”. (“Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz” asaridan.) Shunday ekan biz yoshlar faqat o’qib, oldimizga qo’ygan maqsadlarimiz sari intilib, yuksak ma’naviyatli ajdodlarga munosib vorislar bo’lishimiz darkor.