Home / TALABALAR IJODIDAN / Buyuk jasorat sohibi

Buyuk jasorat sohibi

Rahmatillayeva Mohinur Doniyorovna

 TerDU Pedagogika fakulteti 2-bosqich talabasi

Bugungi kunda, hech kimga sir emaski, bizning o’tmishimizda ota-bobolarimizning qanchalik qiyinchilik ko’rganligi, milliy g’urur va milliy o’zligi o’zgalar tomonidan toptalganligi, og’ir mashaqqatlarni boshdan kechirganligi. Shuncha mashaqqatlar bo’lishiga qaramasdan, qaddini tik tutib, barcha g’alayon va isyonlarga qarshi turib, xalqni birdamlikka chorlab, ularning o’ziga bo’lgan ishonch hissini uyg’otgan buyuk jasorat sohibi – I.A.Karimovdir.

Shu ulug’ zotning sa’yi harakatlari natijasida O’zbekiston qisqa 25-yil ichida yuksalgan davlatlar qatoridan joy oldi.Jumladan, sport sohasi bo’yicha jahonga tanildi, chetel mamlakatlari bilan hamkorlik ko’rsatkichlari yuqori darajada o’sdi, ta’lim-tarbiya sohasida bo’lgan e’tibor yanada kuchaydi. Bundan tashqari I.A.Karimov O’zbekistonnig taraqqiyot modelini ishlab chiqdi. Mazkur taraqqiyot modeli 5 tamoilga asoslangan bo’lib, ular O’zbekistonnig iqtisodiy tomonidan rivojlanganligini belgilab bermoqda. Hozirgi kunda bu modeldan boshqa davlatlar andoza sifatida foydalanmoqdalar. Bundan ko’rinib turibdiki, birinchi Prezidentimizning hozirgi kungacha qo’llab kelgan ishlari bu buyuk zotning yuksak ma’naviyat sohibi ekanligidan dalolat beradi.

Hozirgi kunda, xalqimiz va Yurtboshimiz Sh.M Mirziyoyev tomonidan bu ulug’ zotga yuksak ehtirom ko’rsatilmoqda. 2017-yil 25-yanvarda I.Karimov xotirasiga bag’ishlab bir qancha qonunlar qabul qilindi. Xususan, Toshkent shahrida, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida haykalining barpo etilishi, Toshkent texnika universiteti, Toshkent xalqaro aeroportiga, Farg’ona xalq saroyiga I.A.Karimov nomining atab qo’yilishi, Qaraqalpog’iston Respublikasi, Toshkent va boshqa viloyatlardagi xiyobon va ko’chalarga nominig  berilishi, oliy ta’lim muassasalarida I.Karimov stipendiyasining joriy etilishi, hayot faoliyatiga doir kinolar, sahna ko’rinishlarning yaratilishi, 2-sentabr  Xotira kuni deb e’lon qilinishi, hamda 30-yanvar kunining bayram sifatida nishonlanishi, Toshkentdagi Jome’ masjidiga “Islom Jome masjidi” deb nom berishi bu buyuk shaxsga bo’lgan hurmatning cheksiz namunasidir. Hozirda, har bir yosh avlod bu zotning asarlarini qalban his qilib o’qimoqdalar. Ayni damda, biz bu asarlarni o’qir ekanmiz, bizning o’zimizga bo’lgan ishonch yana bir karra oshadi, oldimizga qo’yilgan maqsad sari yuksak cho’qqilarga intilamiz. Chunki Muhtaram birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov bizga katta ishonch bildirib, shu so’zlarni bod-bod takrorlaganlar: “Ertangi kunimizning eng kata kuchi, kerak bo’lsa, zamini nimaga asoslanadi, degan savolga men yoshlarimiz, yoshlarimiz va yana bir bor yoshlarimizga, deb javob beraman”. (”Ona yurtimizning baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo’lida xizmat qilish-eng oliy saodatdir”asaridan 260-bet) Men yoshlarimiz tilidan shuni aytmoqchimanki,bu zotga biz har qancha tasannolar qilsak arziydi. I.A.Karimov aytganlaridek, O’zbekiston kelajagi buyuk davlat. Darhaqiqat, O’zbekistonning buyukligi xalqining birdamligi, Yurboshisining yuksak ma’naviyatli ekanligi, qolaversa arshi aloda uni qo’llab turadigan buyuk bir siymosining barhayotligidadir! Muxtasar qilib aytganda, ollohning nazari tushgan,  zotni aqlli, dono, teran fikrli, ma’rifatparvar hamda buyuk jasorat sohibi deb, qanchalik ta’riflasak hech ham mubolag’a bo’lmaydi.

Garchi, mamlakatimizning birinchi Prezidenti I.A.Karimov bizning oramizda bo’lmasalarda, ammo bizning, xalqimizning qalbida mangu abadiydir!