Home / TALABALAR IJODIDAN / Hushyorlikka da’vat

Hushyorlikka da’vat

Rahmatillayeva Mohinur Doniyorovna

 TerDU Pedagogika fakulteti 2-bosqich talabasi

 Bugungi kunda bizning kelajagimizga tahdid solayotgan ayrim qo’shtirnoq ichidagi voqealarga befarq bo’lmasligimiz zarur. Bunday jirkanch illatlar bizning tinch-osoishta hayotimizga sekin oralab butun bir umrimizni zulmatga aylantiriyapti. Bunga sabab nima? Hammamizga ayonki, hozirgi kunda ommaviy madaniyatning kirib kelishi, internetda turli xil norasmiy saytlar ochilib jirkanch o’yinlarning paydo bo’layotganligi bevosita bizni halokat sari yetaklashiga zamin yaratmoqda. Internet misoli o’tkir pichoq undan kim qanday foydalanishiga bog’liq. Bexosdan qilingan harakat esa, inson umrini zavol toptiradi, gullagan yoshligini xazonga aylantiradi.

Ommaviy madaniyatga kelsak, shamol kabi yopirilib kelib, u chertib o’tmagan biror eshik qolmayapti. Bugun yoshlarimiz o’ziga xos “tushunchalar urushi” sharoitida yashamoqdalar. “Ommaviy madaniyat” ota-bobolarimiz “qora” degan narsalarni “oq”, “oq” degan narsalarni “qora” deb uqtirmoqda. “Ommaviy madaniyat” jamiyat orasida g’alati odatlarni tarqatish, oxirgi vaqtlarda yosh yigitlarimiz tanalariga turli xil rasmlarni chizdirishi, “ommaviy madaniyat” mahsuli bo’lgan film va o’yinlarning yurtimiz sarhadlariga yashirinib sezdirmay kirib kelishi va ularni yosh avlod tomonidan qabul qilinishi dolzarb muammolarimizdan biriga aylanmoqda. “Ommaviy madaniyat” yoshlarimizning tafakkuriga, musiqasiga, didiga, kiyinishiga, o’zaro muomalasida, oilasiga, oilaviy munosabatlariga, hatto orzulariga ham chang solmoqda.

“Ommaviy madaniyat” to’g’risida muhtaram birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov quyidagi fikrlarini aytganlar.” Tabiiyki ommmaviy madaniyat degan niqob ostida axloqiy buzuqlik va zo’ravonlik, induvidualizm, yegosentrizm, g’oyalarni tarqatish kerak bo’lsa, shuning hisobidan boylik orttirish, boshqa xalqlarning necha ming yillik an’ana va qadriyatlarni, turmush tarzining ma’naviy negizlarida bepisandlik, ularni qo’porishda qaratilgan xatarli tahdidlar odamni tashvishga solmay qo’ymaydi”.

Birinchi Prezidentimiz “Ommaviy madaniyat” deganda, asosan, uning niqobi ostida degan so’zga ko’proq e’tiborlarini qaratganlar. “Ommaviy madaniyat” shunday jirkanch illatki, uning kirib kelishi, tahdid solayotganini sezmay qolishimiz mumkin. Sababi uning yuzi, ko’rinishi, so’zlashi bizga do’stdek ko’rinadi. U ana shunday go’zal niqob ostida kirib kelib, xuddi bizga yelkadoshdek turib, yuragimizga pichoq sanchib ketganini, ko’zimizga kulib qarab turib ma’nan o’ldirib qo’yganini sezmay qolamiz. Avvalambor, har bir inson o’z mustaqil fikriga, so’g’lom dunyoqarash negizida shakllangan, mustahkam irodaga ega bo’lmasa “Ommaviy madaniyat” asiri bo’lishi hech gap emas. Bunday xatarli tahdidlar aynan internet tarmog’i orqali tarqatiladi va uyali aloqa telefonlari ham bu borada ularga qo’l keladi.

 Bundan tashqari, internetda “Siniy kit” ya’ni “Ko’k kit” jirkanch o’yinning paydo bo’lishi, yoshlarimizning o’zlari bilmagan holda aralashib, qabih ishlarning qurboni bo’lib qolayotganliklari g’oyat achinarli holat. Bu o’yin asosan yoshlarni o’ziga da’vat etib, ularni ongini zaharlab ajal domiga sari yetaklamoqda. Yoshlarning bunday ishlarga qo’shilib qolishiga, avvalambor, oilaviy muhit ham katta ahamiyatga ega. Bejizga aytishmagan “oila jamiyatning asosiy bo’g’inidir. Xususan, ota-onalarimizning farzandlariga bo’lgan e’tiborsizligi, ularning kun bo’yi bo’sh vaqtlari qanday o’tayotganligiga befarqligi yoshlarimizning bevosita shu yo’lga kirib borishiga sababchi bo’lmoqda. Oramizda, shunday ota-onalar ham borki, o’z farzandlarini chet el davlatlariga jo’natib, ularning hayoti, turmush tarzi, kelajagi bilan emas, balki ular jo’natayotgan daromadlariga ko’proq qiziqadilar. Natijada biz bu yoshlarning yomon illatlar quliga aylanishining guvohi bo’lmoqdamiz.

Hozirgi kunda bunday yovuzliklar domiga tushmaslik uchun Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev har bir yoshni ish bilan ta’minlash, hech kimni bo’sh vaqti besamar o’tmasligini uchun kerakli chora-tadbirlar, yetarlicha shart-sharoit yaratmoqdalar. Prezidentimiz yoshlarimizning kuchli bilim salohiyatga ega bo’lishi maqsadida, kitob o’qishga bo’lgan e’tiborini yanada kuchaytirdi.  Shuning uchun biz bu ishlarni bartaraf etib, doimo yetuk va barkamol shaxs bo’lishimiz, ma’naviyatimizga, kelajagimizga tahdid solayotgan ommaviy madaniyat shakllarini aniqlab ularga qarshi turishimiz, oldimizga qo’yilgan maqsad sari intilishimiz zarurdir. Zero, biz buyuk yurt farzandi, mustaqil, ozod va obod diyor yoshlari, O’zbekiston kelajagidirmiz!