Home / TALABALAR IJODIDAN / Jaholat girdobi

Jaholat girdobi

Rahmatillayeva Mohinur Doniyorovna

 TerDU Pedagogika fakulteti 2-bosqich talabasi

Bugungi kunda dunyoning siyosiy manzarasi juda ham tahlikali.Bunga sabab butun dunyoning turli hududlaridagi keskin qarama-qarshiliklar, to’s-to’polonlar, diniy ekstrimistik g’oyalar, terroristik, missionerlik harakatlarining shiddat bilan kuchayib borishi, insonlarning e’tiqodi va diniy hissiyotlaridan foydalanib o’zlarining g’arazli niyatlarini, nopok ishlarini  ekstrimistlar va terrorchilar tomonidan islom bayrog’i ostida sodir etilayotgani ularning asl qiyofasini namoyon etmoqdalar.

  Terrorizm millat tanlamaydi, u har qaysi suverenitet, mustaqil oliy qadriyatlarini inkor qiladi. Shu bois uning salbiy ta’siri shu hudud bilan cheklanib qolmaydi. Qanchadan-qancha xorijdan kelib, dahshatli tarzda o’tayotgan urushlarda qatnashayotgan g’o’r yoshlar o’zga mamlakatlarda fojeali tarzda vafot etmoqdalar. Bunga sabab yoshlarimiz ongida ma’naviy bo’shliqning hosil bo’lishidir. Zero, birinchi prezidenti I.A.Karimov aytganlaridek: “ Islom dinini niqob qilib, manfur ishlarini amalga oshirayotgan mutaassib  kuchlar hali ongi shakillanib ulgurmagan, tajribasiz, g’o’r yoshlarni o’z tuzog’iga ilintirib, bosh –ko’zini aylantirib, ulardan o’zining  g’arazli maqsadlari yo’lida foydalanmoqda. Bunday nojo’ya harakatlar, avvalo, muqaddas dinimizning sha’niga dog’ bo’lishi, oxir- oqibatda esa ma’naviy hayotimizga salbiy ta’sir ko’rsatishini barchamiz chuqur anglab olishimiz va shundan xulosa chiqarishimiz zarur”. Aslida din bayrog’i ostida faoliyat ko’satayotgan  harakatlar, ularning ta’limotini olmaganda, barcha dinlarda faqat ezgulik g’oyalari ustuvor bo’lib kelgan. Ularda “Yaxshilik, yomonlik qilma” degan g’oyalarni ilgari surilgan. Shuning uchun barcha dinlarni, hatto eng  qadimgilarini ham bag’rikenglik bilan o’zganmoq kerak. Ammo, bizda dinga bo’lgan munosabat o’zgacha tus olib bormoqda.Bir savol tug’iladi: Nima uchun inson mavjud barcha shart-sharoitlardan unumli foydalanmasdan o’zlarining go’zal hayotlaridan voz kechib, jaholat girdobiga tashlaydilar. Nega shunday yorug’dan lazzatlanmay uni qora, yovuz niyatlar bilan burkaydilar. Nega o’zlarining navqiron yoshligini butun bir zulmatga almashadilar. Zero, bu fikrlar hali hanuz shundayligicha qolmoqda. Bunga sabab nima? Bizdagi achinarli holatlardan biri shundaki, bunday vayronkor g’oyalar yoshlarimiz orasida keng tarqalmoqda. Ular o’zlarining yovuz niyatlarini amalga oshirish maqsadida hech kimni ayamaydilar. Vayronkor g’oyalar faqatgina bitta hudud yoki mintaqani emas balki butun bir dunyoni larzaga solyapti. Zotan, birinchi prezidentimiz I.A Karimov o’zining “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida quyidagi fikrlarni keltiradilar. “Bugungi zamonda mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ham ko’proq kuchga ega”.

  Darhaqiqat, bizda har qanday iqtisodiy – siyosiy tazyiq bo’lsa uning oldini olish mumkin, ammo muammoli tomoni shundaki mafkuraviy tazyiqni uning ta’siri va oqibatlarini tezda ilg’ab yetish nihoyatda qiyin. Shuningdek, bir qarashda arzimas bo’lib tuyiladigan kichkina xabar ham ko’zga ko’rinmas, o’ta katta, hech narsa bilan qoplab bo’lmaydigan zarar yetkazishi mumkin.

To’g’ri, hozirgi kunda axborot texnologiyalari rivojlanmoqda bunda hech bir yoshni internetdan foydalanmang deya olmaymiz. Chunki, biz XXI asr axborot texnologiyalar asrida yashayapmiz, ammo ularning kichkina bir xatosi mingdan-ming begunoh oilalarning ham yostig’ni quritdi. Shuning uchun har bir inson doimo ogoh bo’lishi, hushyorlik bilan ish tutishi eng avvalo loqayd bo’lmasligi lozim. Ushbu so’zlar muhtaram birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning quyidagi fikrlarida o’z isbotini topgan. “Barchamizga ayon bo’lishi kerakki, qayerda beparvolik, va loqaytlik hukm sursa, eng dolzarb masalalar o’zibo’larchilikka tashlab qo’yilsa, o’sha yerda ma’naviyat eng ojiz va zaif nuqtaga aylandi va aksincha – qayerda hushyorlik va jonkuyarlik, yuksak aql- idrok va tafakkur hukmron bo’lsa , o’sha yerda ma’naviyat qudratli  aylanadi”. Biz doimo ogoh bo’lishimiz lozim. Chunki, o’sha yovuz niyatlarni amalga oshirayotgan kimsalar bizning oramizda, yonginamizda. Ularning asosiy maqsadi aslida butun bir jamiyatni qo’rquv va vahimada tutib turish va shu yo’l bilan xalq ongiga noilojlik, ertangi kunga ishonchsizlik tuyg’usini shakllantirishga qaratilgan. Biz ularga o’z bilim va salohiyatimiz bilan qarshi turmog’imiz, kurashmog’imiz, buyuk yurt, daholar avlodi kim ekanligini isbotlamog’imiz lozim.