Home / TALABALAR IJODIDAN / Ona yurtim baxtu iqboli

Ona yurtim baxtu iqboli

Rahmatillayeva Mohinur Doniyorovna

 TerDU Pedagogika fakulteti 2-bosqich talabasi

Joriy  yilni  Prezidentimiz  Sh.M.Mirziyoyev tomonidan  2017 y-“Xalq  bilan  muloqot   va  inson manfaatlari”  yili  deb  e’tirof  etilishi  bu  xalqimizga bo’lgan  etibor,  ularning  manfaatlari  yo’lida  davlatimiz  rahbarining  g’amxo’rligi  deb  o’ylasak mubolag’a  bo’lmaydi. Chunki, Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev  ilk  ishlarini  xalq  bilan  muloqot qilish  bilan  boshladilar. Bundan  ko’zda  tutilgan asosiy  maqsad, xalqimizning  butun  bir  hayotini tubdan  yangilash, ularning  kelajagini  yanada yuksaltirish,  ertangi  kunga  bo’lgan  ishonchini  oshirishdan  iboratdir. Mamlakatimizning  birinchi Prezidenti   I.A.Karimov  rahbar  haqida  “Ona  yurtimiz  baxtu  iqboli  va  buyuk  kelajagi  yo’lida   xizmat   qilish  –  eng  oliy saodatdir” asarida quyidagi ta’rifni  keltirib  o’tganlar:  “Agar  sen  odamlarni sevmasang,  xalqingni  senga  ishonch  bildirgan odamlarni  yuragingga  yaqin  olmasang,  rahbar  bo’lishga  umuman  haqqing yo’q”. Darhaqiqat,  rahbarning  yuksak  maqomga  erishishi  bu  xalqining  unga  bo’lgan  yuksak  ishonchidadir.  Shu boisdan,  Prezidentimiz  Sh.M.Mirziyoyev  O’zbekiston Respublikasi  Konstitutsiyasi  qabul  qilinganining  24 –yilligiga  bag’ishlangan  tantanali  marosimidagi  ma’ruzasida  avvalambor,   har  bir  tuman  va  shaharlarda  “ Xalq  qabulxonasi”ni  tashkil  etish  va ularning  to’laqonli  faoliyat  ko’satishimiz  kerakligini ta’kidlab  o’tdilar. Bundan  ko’rinib  turibdiki,  2017 y-“Xalq bilan muloqot va  inson  manfaatlari”  yili  deb  nomlanishining  asosiy  maqsadi,  “Xalq  qabulxona ” lariga  qilingan  hech  bir  murojaat  e’tiborsiz  qolmaydigan  tizim  yaratishdan ya’ni,  odamlarning  dardini  eshitish  ular  bilan  ochiq  muloqotda  bo’lish,  og’irini  yengil  qilish,  aholining davlat  va  jamiyatga  ishonchini  mustahkamlashga xizmat  qilishdan  iborat.  Zero,  mustaqil  O’zbekistonimizning  birinchi  Prezidenti  I.A.Karimov aytganlaridek:  “ …davlat  davlatligini  qilmoqchi  bo’lsa  fuqaroni  o’z  panohiga  olishi  zarur.  Boshqacha  qilib  ayganda,  har  bir  davlat  o’z  fuqarosini  himoya  etishi  unga  huquqiy  yordam berishi kerak. Qonun qog’ozda qolib ketsa jamiyat aslo ravnaq  topmaydi, qonun amalda  bo’lishi  kerak”. Haqiqatdan  ham,  birinchi  Prezidentimizning   ushbu  fikrlari  tag  zamirida  juda  katta  ma’no  yotadi.  Yurtboshimiz  Sh.M.Mirziyoyev mamlakatimizning   birinchi   Prezidenti   I.A.Karimov tanlagan  yo’lidan  bordi  va  shu  asosda  o’zining “Tanqidiy  tahlil,  qat’iy  tartib – intizom  va  shaxsiy  javobgarlik  –  har  bir  rahbar  faoliyatining  kundalik   qoidasi bo’lishi kerak” mavzusida ma’ruza qildilar.

Ushbu  ma’ruzada, Tanqidiy  tahlil,  qat’iy  tartib –intizom  va  shaxsiy  javobgarlik  har  bir  rahbarni  –  bu  Bosh  vazir  yoki  uning  o‘rinbosarlari  bo‘ladimi,  hukumat  a’zosi  yoki  hududlar  hokimi  bo‘ladimi,  ular  faoliyatining  kundalik  qoidasi  bo‘lib  qolishi  kerak,  2017 – 2021 – yillarda O‘zbekistonni  yanada  rivojlantirish  bo‘yicha  Harakat  strategiyasi  loyihasini  keng  muhokama qilish  davomida  kelib  tushgan  takliflarni  inobatga  olgan  holda,  2017 – yil mo‘ljallangan iqtisodiy  va  ijtimoiy  dasturning  o‘n  bitta  eng muhim  ustuvor  vazifalari  ko’rib  chiqildi.  Eng asosiy  ustuvor  vazifa  –  « Xalq  bilan  muloqot  va  inson   manfaatlari   yili»  Davlat  dasturini  amalga  oshirish,  «Inson  manfaatlari  hamma  narsadan  ustun» degan olijanob g‘oyani ilgari surdilar. Eng muhim vazifamiz – mamlakatimizda tinchlik va farovonlikni mustahkamlash, odamlarni, xalqimizni hayotdan rozi qilishdan iboratdir deb ta’kidladilar. O’ylaymanki,  Prezidentimiz  tomonidan  joriy  2017  y – “Xalq  bilan  muloqot  va  inson  manfaatlari ”   yili  deb e’lon  qilinishi  yurtdoshlarimiz  tomonidan  iliq  kutib olindi.  Bu  yil  haqiqatdan  ham  xalq dardini, ularning manfaatlari  yo’lida  xizmat  qila  oladigan  yil  bo’lishi  shak – shubhasiz !