Home / TALABALAR IJODIDAN / Sog’lom yurt poydevori

Sog’lom yurt poydevori

Termiz davlat universiteti Pedagogika fakulteti 2-bosqish talabasi

Rahmatillayeva Mohinur

Uzluksiz  ta’limning quyi qismi bo’lgan maktabgacha ta’lim yoshlarimizning yuksak ma’naviyatli,  jismonan sog’lom, har tamonlama barkamol shaxs bo’lib yetishishlariga asosiy poydevor bo’lib xizmat qiladi. Ayniqsa, bugungi kunda Yurtboshimiz Sh. M. Mirziyoyev tomonidan bu ta’lim turiga yanada e’tibor kuchaydi. Xususan, joriy yilning 2017-2021 ­yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora­tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy­ texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta’lim-­tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual,  axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart­sharoitlar yaratish, maktabgacha ta’lim muassasalarida 5-­6 yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash bo‘yicha  6100  ta  qisqa muddatli guruhni tashkil etish, zamonaviy pedagogic texnologiyalar va uslublarni inobatga olgan holda maktabgacha ta’lim muassasalariga pedagogik kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirishning o‘quv reja va dasturlarini takomillashtirish, 2200 ta maktabgacha ta’lim, shu jumladan qishloq joylarda maktabgacha ta’lim muassasalarini yangidan qurish, ularni zamonaviy talablarga javob beradigan jihoz, o‘quv-­metodik qo‘llanmalar va multimediali vositalar bilan ta’minlash maqsad qilib qo’yildi. Bundan tashqari,  Maktabgacha ta’limning asosiy hujjatlardan biri “Bolajon” tayanch dasturida tug’ilgandan to 7 yoshgacha bo’lgan bolalarning jismoniy hamda hissiy rivojlanishi, o’z-o’ziga xizmat,  gigiena malakalarini rivojlantirish, undagi har bir guruhning yosh xususiyatlaridan kelib chiqqan holda bilim, ko’nikma, malakalarini mashg’ulotlar asosida shakllantirish ko’zda tutilgan. Ushbu dasturda har bir yosh guruhlarni yil davomida mashg’ulotlarning vaqti, qaytarzda olib borilishi va maktab ta’limiga tayyorlashi asosiy maqsadlardan  biri hisoblanadi. Hozirgi kunda,  Respublikamizda 5000 ga yaqin  3 turdagi Maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyat ko’rsatmoqda. Bular:

Birinchidan:  Umumiy tipdagi  Maktabgacha ta’lim muassasasi. Bular, Respublikamizda  94% ni tashkil qiladi.

Ikkinchidan: Maxsus tipdagi Maktabgacha ta’lim muassasasi. Bular, Respublikamizda  4% ni tashkil qiladi.

Uchinchidan: Sanitariya tipdagi Maktabgacha ta’lim muassasasi. Bular, Respublikamizda 2% ni tashkil qiladi.

Maktabgacha ta’limda iqtidorli bolalarni qobiliyatini rivojlantirish uchun oila va Maktabgacha ta’lim muassasasi hamkorligini yo’lga qo’yish maqsadga muvofiqdir. Bunda ota-onalar bilan treninglar o’tkazish, ochiq eshiklar kuni, davra suhbatlari tashkil etish lozim. Maktabgacha ta’lim bolalarning barkamol shaxs bo’lib rivojlanishiga tarbiyaning o’rni beqiyosdir. Maktabgacha ta’limning oldiga qo’yilgan asosiy maqsadi bolalarning aqliy qobiliyatini rivojlantirishdir. Buyuk jasorat sohibi birinchi  Prezidentimiz I. A. Karimov “Barkamol avlod orzusi” asarining uchinchi fasli “Orzuga erishmoq yo’lida” uzluksiz ta’lim haqida gapirib o’tganlar:  “Maktabgacha ta’lim turi – bolani maktabga tayyorlash bilan birga, uni sog’lom bo’lib,  o’sishini ta’minlaydi,  muntazam ta’lim olib borishiga tayyorlaydi, unda o’qishga intilish hissini uyg’otadi. Bolalarni 3-5 yoshdan sportga jalb etish katta ahamiyatga ega”. Chunki, ayni shu davrda har bir bolaning xarakteri shakllana boshlaydi,  hayotga teran ko‘z bilan qarashga o‘rganadi. Sportga mehr qo‘ygan  bola  bir umr sportga oshno bo‘lib qoladi.  Sport bolaning nafaqat salomatligini mustahkamlaydi, balki zararli illatlardan uni himoyalaydi, xarakterini toblaydi. Bugun yurtimizda sog‘lom va barkamol avlod voyaga yetayotgani, o‘z iste’dodi va mahorati bilan jahon arenalarida ulkan muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritayotgan ko‘plab yosh sportchilar yetishib chiqayotgani sportni, xususan bolalar sportini rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e’tibor samarasidir. Xususan, ta’lim to’g’risidagi qonunning  11-moddasi ham bevosita Maktabgacha ta’lim bilan bog’liqdir. “Maktabgacha ta’lim  bola shaxsini sog’lom va yetuk, maktabda o’qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko’zlaydi.  Bu  ta’lim olti-yetti yoshgacha oilada, bolalar bog’chasida va mulk shaklida qat’iy nazar boshqa ta’lim muassasalarida olib boriladi”. Yurtimizda maktabgacha ta’lim muassasalari qanchalik rivojlansa farzandlarimiz yetuk, barkamol, komil inson,  qolaversa yuksak ma’naviyatli bo’lib yetishishiga, ona diyorimizning yanada gullab yashnashiga zamin yaratadi.  Zero,  sog’lom  yurt poydevori sog’lom kelajakdir!