Home / Maqola / Odam savdosi illati

Odam savdosi illati

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi bojxona kompleks va postlari tomonidan viloyatimizning mahalla fuqarolar yig‘inlari, oliy va o‘rta ta’lim muassasalarida, tashkilotlarda “Odam savdosi” mavzusida yil boshidan bugungacha ko‘plab davra suhbatlari o‘tkazilib, aholi o‘rtasida keng tushuntirish ishlari olib borilgan. Bundan tashqari, turli yumushlar bilan  bojxona maskanlari orqali  chet elga ketayotgan har bir fuqaro (joriy yilda Surxondaryo viloyati bojxona maskanlaridan 103 mingdan ortiq odamlar harakatlangan) bilan odam savdosi jinoyati, uning qurboniga aylanib qolmaslik choralari, xorijda mushkul ahvolda qolganda, murojaat qlinishi mumkin bo‘lgan manzil va telefon raqamlar aks ettirilgan ko‘rgazmali materiallar minglab tarqatilganligini aytib o‘tish joiz. Ushbu jinoyat haqida gap ketar ekan, xorijiy davlatlarda mehnat qilish yuzasidan yurtdoshlarimizga kelib tushgan taklif shubhali bo‘lganida, bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi chegarasi orqali fuqarolarni o‘tkazish maqsadida ularni ma’lum bir xonadonlarda to‘plash, tashish, xizmat ko‘rsatish va boshqa faoliyat bilan shug‘ullanuvchilar, odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etayotgan hamda ularga homiylik va rahnamolik qilayotgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni (0-376)  225-02-26 raqamli “Ishonch telefoni”ga xabar qilinishiga oid tavsiyalar keng jamoatchilik e’tiboriga muntazam ravishda yetkazilmoqda.

Xulosa o‘rnida, xar kim ogoh bo‘lib yashashi, atrofda ro‘y berayotgan voqea-hodisalardan to‘g‘ri xulosa chiqara olishi, amalga oshirmoqchi bo‘lgan harakatini oldindan yaxshilab o‘ylashi avvalambor o‘zi va yaqinlarining farovon va baxtli hayot kechirishdagi birinchi shart ekanligini unutmasalar bas!

Bojxona xizmati kapitani                                                 J.Rasulov