Home / Tadbirlar / Yuraklarda yashaysiz siz hamon

Yuraklarda yashaysiz siz hamon

2017 yil 2 sentyabr kuni Termiz davlat universitetida “Xotira” va Mustaqillik darsi bo’lib o’tdi. Unda Surxondaryo viloyat hokimi Termiz Davlat Universiteti rektori professor-o’qituvchilar va 110 nafar talaba-yoshlar ishtirok etdilar.DSC_3107O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbuslari bilan amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik va keng qamrovli islohotlarning tamoillari va ustuvor yo‘nalishlari, uning O‘zbekistonda fan, madaniyat va sport sohasining rivojiga qo‘shgan bebaho hissasi barchamizga ma’lum. Siyosatining asosi O‘zbekistonda mustaqillikni asrash va mustaxkamlashdan iborat bo‘lgan Birinchi Prezident Islom Karimovning porloq xotirasi oldida qalblarimizda qayg‘u va g‘am bilan tiz cho‘kamiz.DSC_3119Xalqaro arenada Islom Karimov ochiq fuqarolik jamiyati va bozor siyosatiga ega huquqiy demokratik davlat qurish strategiyasini ishlab chiqqan va uni joriy etgan buyuk davlat arbobi nufuziga ega. Uning rahnamoligi ostida dunyoda “o‘zbek modeli” deb tan olingan rivojlanish yillarida mamlakatimizda katta ijobiy o‘zgarishlar bo‘lib o‘tdi. Islom Abdug‘aniyevich Karimov mustaqillik yillarida barpo etilgan va modernizatsiyalashtirilgan jahon andozalariga javob beruvchi zavod va fabrikalar, yo‘l-transport va muhandislik-aloqa infratuzilmalari, barcha qulayliklar va yashash sharoitlariga ega turar joylar kabi yuzlab inshootlar va ishlab chiqarish ob’ektlari tashabbuskori hamdir.DSC_3106Termiz davlat universiteti ham Birinchi  Prezidentimiz tashabbusi va bevosita ishtiroki ostida qurildi. U agrar sohada amalga oshirilayotgan izchil islohotlar – fermerlik harakati tashkilotchisi edi. U O‘zbekiston Qurolli kuchlarining jangovor qudratini va salohiyatini oshirish, tarbiya va yangicha ta’lim tizimi tashabbuskori. Milliy qadriyatlarni qadrlashni siyosat darajasiga olib chiqib, mamlakatimizda muqaddas dinimiz, an’ana va urf odatlarimiz, shuningdek, bebaho tarixiy merosimizni qayta tiklab, taraqqiy ettirishda Islom Karimov xizmatlari beqiyosdir. Minnatdor xalqimiz Birinchi  Prezidentimizning yorqin xotirasini hech qachon unutmaydi.DSC_3122

Birinchi  Prezidentimiz yoshlarni, o‘sib kelayotgan yosh avlodni otalarcha mehr bilan yaxshi ko‘rar, ularning har tomonlama tarbiyasiga alohida e’tibor qaratar edi. Uning odilona rahnamoligi ostida yoshlarning barkamol inson bo‘lib yetishishi uchun barcha zamonaviy shart-sharoitlar yaratilgan, ta’lim tizimiga talay yangiliklar kiritilgan edi. Hozirgi yoshlar sevgan sohalarida sevimli mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanish va o‘zlarining ilm, san’at va sport sohasidagi qobiliyatlarini namoyon etish imkoniga ega bo‘lmoqdalar. Yurtimizda hukm surgan tinchlik, barqarorlik va yoshlarga yaratilgan sharoitlar tufayli ular ilm cho‘qqilarini egallash, nafaqat mamlakatimizda, balki xorijda ham o‘z ilmiy salohiyatlarini oshirib magistraturalarda o‘qishlari mumkin. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning yorqin xotirasi yoshlarimiz qalbidan sira o‘chmaydi.