Home / Tadbirlar / Yuraklarda yashaysiz siz hamon

Yuraklarda yashaysiz siz hamon

2017 yil 2 sentyabr kuni Termiz davlat universitetida fizika-matematika fakulteti faollar zalida “Xotira” va Mustaqillik darsi bo’lib o’tdi. Unda Termiz davlat universiteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor O.Ro’ziyev kirish so’zi bilan ochib, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov haqida qisqacha ma’lumot berib o’tdi.OLYMPUS DIGITAL CAMERATadbir yurtboshimiz xotirasiga hurmat bajo keltirish maqsadida ishtirokchilarning bir daqiqalik sukut saqlashi bilan boshlandi.OLYMPUS DIGITAL CAMERAYaqin tariximizning eng keskin va tahlikali davrida, millatlararo to’qnashuvlar va boshqa ziddiyatlar avj olgan, mamlakatimizda fuqarolar urushi xavfi yuzaga kelgan, iqtisodiyot chuqur inqirozga uchragan bir paytdan mamalakatimizni va xalqimizni bugungi xotirjam kunlarigacha olib kelgan muhtaram  Birinchi Prezidentimiz tarixda abadiy qoladi. Prezidentimiz xalqimizni nafaqat mustaqillikka olib chiqdi, balki uni mustahkamlash yo’lida butun borlig’ini baxshida qildi. Sobiq tuzum davrida vayron bo’lgan qadamjolar Yurtboshimiz rahnamoligida qayta tiklandi. Dinu diyonatimiz o’zimizga qaytdi.OLYMPUS DIGITAL CAMERAMamlakatimizda tinchlik, osudalik, hamjihatlikni mustahkamladi, mustaqillik tufayli xalqimiz o’zligini topdi, dunyoda o’z o’rniga ega bo’ldi. Bugun bayrog’imiz xalqaro maydonlarda, jahon arenalarida hilpiraganda ko’ksimiz g’ururga to’ladi. Bularning barida davlatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning xizmatlari beqiyos.OLYMPUS DIGITAL CAMERAU kishi mustaqil O’zbekiston davlatiga asos soldi va buyuk taraqqiyot yo’liga olib chiqdi. Bu ulug’ inson odamlar mehrini qozondi, qalbidan chuqur joy oldi. Birinchi Prezidentimizning xalqimiz farovonligi yo’lida amalga oshirgan beqiyos ishlari tarix sahifalariga abadiy muhrlanadi.