Home / Maqola / Jannatmakon ona diyorim

Jannatmakon ona diyorim

Jannatmakon ona diyorimiz qanchadan-qancha iste’dodlarni bag’rida kamol toptirmoqda. Mana shunday sobidqadam yoshlarimizdan biri Termiz Davlat Universiteti Chet tillar fakultiteti Nemis tili va adabiyoti ta’lim yo’nalishi talabasi Ahmedova Dildoradir. Bolaligidanoq o’zining tengdoshlaridan serg’ayratligi va intiluvchanligi bilan ajralib turuvchi do’stimiz olygohda ham birinchilikni qo’ldan boy bermay kelmoqda. Uch yildan buyon guruhga sardorlik qilayotgan Dildora ustozlari bildirgan ishonch va ma’suliyatni doimo oqlab kelmoqda. U 2017-yil  DAAD (Germaniya Akademik Almashinish Xizmati) tomonidan tashkil etilgan insholar tanlovida g’oliblikni qo’lga kiritib 3-13-sentabr kunlari Toshkentda bo’lib o’tgan  „SOMMERKURS-2017“(YOZGI KURS-2017)da qatnashish baxtini qo’lga kiritdi. Germaniyaning eng nufuzli oliygohlaridagi professor-o’qituvchilarning maruzalaridan bahramand bo’lgan tengdoshimiz til  bilish darajasini yana bir pog’onaga ko’tardi.Undan muvofaqqiyatlarinining kaliti nimada ekanligini so’raganimizda „Ustozlarim ko’maklari va isonchlarida“deb javob berdi. „-Kelajakdagi orzularim o’z salohiyatim va bilimlarimni yosh avlodlarga yetkazish va bu sohani yana bir pog’onaga ko’tarish.“-deb so’zlarini yakunlaydi o’z oldiga buyuk maqsadlarni qo’ygan do’stimiz. Dildoraning kelgusi ishlarida muvofaqqiyatlar tilab qolamiz va u kabi iqtidorli yoshlarning soni tobora oshishini tilab qolamiz.Jannatmakon ona diyorimiz qanchadan3Scanitto_2017-09-20_001_2

Abdurahmonova Sarvinoz

Chet tillar fakultiteti talabasi