Home / Maqola / Nemislarni hayratlantirgan talaba

Nemislarni hayratlantirgan talaba

Bugungi kunda biz yoshlarga shu qadar keng imkoniyatlar eshigi ochilganki, qaysi marrani zabt etamiz desak barcha-barchasi uchun imkoniyatlar yetarli. Mustaqillik in’om etgan bu totli nem’atlardan foydalanib, ozod vatanimiz taraqqiyotiga ravnaq qo’shayotgan tengdoshlarimiz soni ham tobora ortibbormoqda.Safarmurod Boltayev ham shu kabi izlanuvchan va intiluvchan yoshlarimizdan biridir. Yoshligidan nemis tilini puxta egallashga bel bog’lagan Safarmurod o’quvchilik davrlaridanoq nemis tili fanidan olimpiadalarga qatnashib maktab va tuman miqyoslarida faxrli o’rinlarni egalladi. 2013- yilda Gyote insitutining Toshkentdagi filalida o’qib til ko’nikmalarini yana bir pog’onaga oshirgan do’stimiz 2014-yilda Termiz Davlat Universiteti Chet tillar fakulteti Nemis tili va adabiyoti ta’lim yo’nalishiga o’z hujjatlarini topshirdi va talabalikka tavsiya etildi. Talabalik mas’uliyatini a’lo darajada uddalagan Safarmurod 2015-yil aprel oyida Samarqandda bo’lib o’tgan “DeutscheTage-2015“ ya’ni ”Nemis tili haftaligi-2015”da ishtirok etish baxtini qo’lga kiritdi va Surxondaryoning boy tarixi, qadim an’analari, folklorlarini namoyish etib xorijliklarning olqishlariga sazovor bo’ldi.2017-08-26-13-06-31-311Tinib-tinchimas do’stimiz 2017-yilda Germaniya Federativ Respublikasining DAAD (Germaniya Akademik Almashinuvi Xizmati) tashkiloti tomonidan o’tkazilgan butunjahon Oliy ta’lim muassasalarida nemistilini o’rganuvchi talabalar o’rtasidagi xalqaro tanlovda ishtirok etdi va DAAD tashkiloti stipendiyasi sohibi bo’ldi. Mazkur stipendiya doirasida Safarmurod joriy yilning avgust-sentyabr oylarida Germaniya Federativ Respublikasi Nordrayn Vestfallen federal o’lkasining Aaxen shahrida o’tkazilgan nemis tili bo’yicha “SUR PLASE” nomli intensiv kursda ishtirok etdi hamda kurs yakuniga ko’ra Umumevropa til bilish kompetentsiyalarining (CEFR) V2 darajasi uchun muvaffaqiyatli imtixon topshirdi. Do’stimiz intensiv kurs miqyosida nafaqat Germaniya federativ respublikasi balki, Avstriya, Fransiya, Norvegiya, Boltiq bo’yi va yevropaning ko’plab o’lkalarida bo’lib qaytdi. “Germaniyada bo’lganimda sira zerikishga fursat topolmadim. Bu yerda uzoqroq qolishga harakat qildim. Ammo uch kun o’tar-o’tmas ona yurt sog’inchi meni chulg’aboldi. Ayniqsa,milliy taomlarimizni juda sog’indim”-deydi  vatanimizga olam-olam ta’ssurotlar bilan qaytgan tengdoshimiz. Safarmurodning kelgusi ishlariga muvofaqqiyatlar tilab,u kabi yoshlarning safi tobora ortishini tilab qolamiz.20170811_121327Scanitto_2017-09-21_002_1

Sarvinoz Abdurahmonova 

Chet tillar fakultiteti talabasi