Home / Maqola / Aslida ko’zimmas qalbim ko’r ekan

Aslida ko’zimmas qalbim ko’r ekan

Universitetimizning  iqtidorli talabalarini tanishtirishni davom etamiz. Bu galgi  qahramonimiz Termiz davlat  universiteti Tarix fakultiteti talabasi   Pardayeva Sarvinozdir. Bolaligidan she’riyatga oshno tutingan do’stimiz  5-6-yoshlaridanoq qalam tebrata boshladi.  Ko’zlari ojiz bo’lgani bilan, qalb ko’zi uyg’oq  qahramonimiz volidayi muhtaramasining qo’llab-quvvatlashlari bilan Samarqand viloyatidagi 59-sonli ko’zi ojizlar uchun  iqtisoslashtirilgan maxsus maktab internatiga qabul qilinadi. Tinib- tinchimas  Sarvinoz maktabda o’tkazilgan ko’rik tanlovlar va sport musobaqalarida faol ishtirok etib, fahrli o’rinllarni egalladi. Jumladan u  2000-yilda otkazilgan”Umid  nihollari”sport musobaqasida sportning  yengil atletika turi bo’yicha 1-o’rinni egalladi. 2012-yilning mart oyida Samarqandda bo’lib o’tgan “Do’stona bellashamiz” nomli o’zbek xalq qo’shiqlari tanlovida ishtirok etib fahrli 2-o’rinni egalladi.  Kitoblarni o’ziga sodiq do’st deb biluvchi  qahramonimiz  2013-yilning mart oyida  viloyat ko’zi ojizlar mahsus resurz markazi  tomonidan tashkillashtirilgan  “Eng yaxshi kitobxon” tanlovida ishtirok etdi va faxrli 1-o’rin sohibasi bo’ldi. Vatan mehri qalbida limmo-lim bo’lgan tengdoshlarimiz  joriy yilning mart oyida buyuk shoiramiz Zulfiyaxonim tavalludining 102 yillik tavalludiga bag’ishlangan “Zulfiyaxonim izdoshlari” nomli ko’rik tanlovda muvoffaqiyatli ishtirok etib, adabiyotning she’riyat yo’nalishida sovrindorlar qatoridan o’rin oldi. O’z oldiga katta maqsadlarni qo’ygan Sarvinoz 2017-yilda Terniz davlat universiteti talabasi bo’lish baxtiga muyasssar bo’ldi.U talabalik ma’suliyatini boshqa talabalardan ortda qolmay ado etish bilan bir qatorda qalbida kechayotgan tuyg’ularini  qog’ozda aks ettirmoqda.

                        “Ollohim  kechir”

Ezgulik neligin also bilmadim,

Hayotimda hatto savob qilmadim.

Ba’zi birovlarni ko’zga ilmadim,

Sen meni kechirgin ollohim kechir!

Hayotim mazmuni boyligim dedim,

Harom yo’lda topilgan luqmani yedim.

Kech bo’lsa ham qarshingda tangrim bosh egdim,

Sen meni kechirgin ollohim kechir!

Topganimning bari siym-u zar tillo,

Bu yorug’ dunyoda qildim ko’p yallo,

Endi bugun deyman astafurulloh,

Sen meni kechirgin ollohim kechir!

Bilmadim ota-yu onam qadrini,

Olmadim birorta dardman dardini,

Tortishdan qo’rqaman azob jabrini,

Sen meni kechirgin ollohim kechir!

So’zlagan so’zimda ishlatdim yolg’on,

Yaxshilar ustidn yog’dirdim bo’hton,

Qilgan gunohimga bo’ldim pushaymon.

Sen meni kechir ollohim kechir!

Aslida ko’zimmas qalbim ko’r ekan,

Qalbim bo’stonini qoplabdi tikan,

Shayton uyin bilmay aylabman maskan,

Sen meni kechir ollohim kechir!

Sarvinozning  kelgusi ishlarida omad va zafarlar tilab qolamiz!

                                                  Chet tillar fakultiteti talabasi 

                                                      Sarvinoz Abdurahmonova

Bunyod Yoqubov