Home / Maqola / Maktabgacha ta’limda ekologik tarbiya

Maktabgacha ta’limda ekologik tarbiya

Yurtimizning ertangi kunini hal qiluvchi bo’lgan yoshlar tarbiyasi hamma davrlarda ham o’ta muhim dolzarb vazifalardan biri bo’lib kelgan. Yurtimiz kelajagi yosh avlodlar qo’lida ekan, ularni har tomonlama yetuk, insonparvar, jamiyat va tabiat oldida mas’uliyatli shaxslar etib tarbiyalash eng ustuvor maqsadlarimizdan biridir. Mustaqilligimiz e’lon qilinganidan so’ng o’tgan qisqa davr mobaynida xalqimiz va davlatimiz tarixida katta ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy o’zgarishlar yuz berdi. Ko’p asrlik beqiyos ma’naviy merosimiz tarixi madaniyatimiz din-tilimiz qayta qad rostladi. Barcha turdagi ta’lim muassasalarida yoshlarimiz qalbida milliy iftixor, ekologik madaniyatni tarkib toptirishga jiddiy ahamiyat berilmoqda. Sayyoramizda yuzaga kelayotgan ekalogik vaziyatlar va ularni oldini olishda yoshlarimizga ekalogik tarbiyaning nechog’lik ahamiyatga yega ekanligini ko’rsatadi. Shunday yekan, bu tarbiya turini bevosita ta’lim tizimining ilk bosqichlaridan amalga oshirish kerak. Maktabgacha ta’lim muassasasi
1 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalarni o’z qamrovida olgan bo’lib, bu davrda bolalarni asosan tasavvur dunyosini kengaytirish, ularda atrof-olam haqidagi qarashlarni shakllantirishdan iborat. Biz bevosita bu davrda ekalogik va iqtisodiy tarbiyani tizimli amalga oshirsak maqsadga muvofiq bo’ladi. Maktabgacha ta’lim muassasida ekologik ta’lim berishda  muhim vazifalardan biri bu bolalarning bilimga bo’lgan qiziqishlarini rivojlantirish hisoblanadi. Psixologlar fikricha bilimga  bo’lgan qiziquvchanlik tevarak-atrofni o’rgatishga yetaklovchi kuch bo’lib, bolalarning olgan bilimlarini faollashtiradi, amalda  qo’llash malakalarini shakllantiradi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ekalogiyadan dastlabki ta’lim-tarbiya berishning maqsadi bolalarni atrof-olamni, ya’ni tabiatni sevadigan asrab avaylaydigan barkamol avlodni tarbiyalashdir. Bolalarni tevarak-atrof haqidagi dastlabki tasavvurlarni hosil qilish va ularga qiziqish uyg’otish maqsadida ularning e’tiborini bolalar guruhlari xonalarining undagi burchaklar (kitob burchak, tabiat burchaklar) ga qaratish har bir xonaning o’z vazifasi borligi, xonaning tartibli saranjom-sarishta tutish tizimi haqida tushuncha berib boriladi. Ekalogik tarbiyani tashkil etish uchun quyidagi vazifalarni hal etish lozim.

  1. Bolalarga mashg’ulot va mashg’ulotlardan tashqari jarayonda ekalogik tushunchalarni tarkib toptirish;
  2. Ularning tabiat va atrof-muhit ekologiyasi to’g’risida tasavvurini boyitish;
  3. Bolalarda atrof-muhit muhofazasini ta’minlash ijtimoiy zaruriyat ekanligini shakllantirish;
  4. Bolalarda tabiatda o’zini tutish malakasini, atrof-muhitni muhofaza qilish tuyg’usini tarbiyalash , hamda ularning tabiat va atrof muhit jarayonida faol ishtirok etishlari lozim.

      Maktabgacha yoshdagi bolalarga boshlang’ich ekologiyani amalga oshirish uchun ularning saviyasiga mos keladigan turli xil ish shakllari, vositalari hamda uslublarini tanlab olish mumkin. Jumladan, tushuntirish, ko’rsatmalilik, samarali amaliy savol-javob suhbat, hadislar, hikoyalar, rivoyatlar o’qib berish, izohlash, ko’zdan kechirish, kuzatish – qiyoslash va takrorlash tasavvur qilish, ishontirish, ibrat olish uchun namuna bo’lish turli xil o’yinlar, sayr, ekologik kechalar va hokazo.

       Maktabgacha yoshdagi bolalarga ekologik tarbiyaning eng samarali yo’llaridan biri uni mehnat tarbiyasi bilan birga olib borishdir. Ya’ni bolalarning bo’sh vaqtlari foydali ishlarga jalb qilishdir. Tabiatga ozor bermaslikka mehnat jarayonida tushuntirib borish kerak. Chunki tabiatga ozor berish bilan bog’liq bo’lgan sho’xliklar ma’lum darajada bolaning bo’sh qolishi natijasida kelib chiqadi.

Ekologik tarbiya berishning yana bir usuli maktabgacha yoshdagi bolalarga sayr chog’ida bola olgan bilimlarni tabiat oldidagi ma’suliyat hissini o’z irodasida sinab ko’radi. Bunda bolalarni sayr paytida dalada, o’tloqda o’tlab yurgan hayvonlar bilan yaqindan tanishtirish, ularning tabiat va inson uchun qanday foydasi va ahamiyati haqida hikoya qilib boriladi. Bolalarning tabiatni muhofaza qilish amaliyotida 3 xil faoliyatdan turi ya’ni: ta’lim, mehnat, o’yindan keng foydalanish maqsadga muvofiq. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ekologik tarbiya berish bilan birgalikda iqtisodiy tarbiyani shakllantirib borishimiz kerak.

Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarga biz inson tabiatning bir bo’lagi ekanligini atrof-muhitni doimo asrab-avaylashni ularning ongiga singdirib borishimiz zarur. Zero, tabiat barhayot ekan dunyoda biror bir jonzot undan bebahra yashamog’i, nafas olmog’i, kun kechirmog’i mumkin emas.

Termiz davlat universiteti Pedagogika

fakulteti  3 bosqich talabasi

Rahmatillayeva Mohinur