Bosh sahifa / KAFEDRALAR / Nemis tili va adabiyoti kafedrasi

Nemis tili va adabiyoti kafedrasi

01Kafedra mudiri:                  

k.o’q. Islomov Sanjar Ro’ziqulovich

Telefon:  +998906441799, +998936356299

                   

  Kafedra tarixi:

  • Nemis tili va adabiyoti kafedrasiga 1969 yil 2 sentyabrda asos solingan bo’lib, tarix filologiya fakulteti qoshida ish boshlagan;
  • 1991 yildan kafedra Chet tillar fakulteti tarkibida faoliyat yurita boshlagan;
  • 2000-2005 yillarda kafedra Fakultetlararo nemis tili kafedrasi va Nemis filologiyasi kafedrasiga bo’lingan;
  • 2005 yilda har ikki kafedra birlashtirilgan va Filologiya fakulteti tuzilmasiga kiritilgan;
  • Ashurov, S.M.Krivonos, M.Lisunchik, D.Xaitova, F.Tog’ayev, T. Xamrayev, Yo.Tursunova, Q.Xudoymurotova, G.A. Nasibulina, X. Suvonov, M. Raxmanqulova, R.R.Xuzina, G.A.Islamova, O’.H.Hojiyev kabi yetuk ustoz-murabbiylar faoliyat yuritishgan
  • Bugungi kunda (2017) kafedrada 9 nafar yuqori malakali professor o’qituvchilar faoliyat yuritishmoqda;
  • Kafedrani 2013 yil 1-martdan boshlab kafedra katta o’qituvchisi S.Islomov boshqarib kelmoqda;
  • Kaferada 5111400-Horijiy til va adabiyoti (nemis tili va adabiyoti) ta’lim yo’nalishida bakalavr akademik darajasida oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlanmoqda;
  • Nemis tilini bitirgan kadrlar asosan o’rta maktablar va o’rta maxsus kasb ta’limi muassasalarida nemis tilidan dars berishadi;
  • Bundan tashqari ular mahalliy va chet el tashkilotlarida gid, tarjimon, uslubchi va o’qishlarini Germaniya va O’zbekistonda magistraturada davom ettirish imkoniyatlariga ham ega;
  • Kafedra qoshida «Zavqli nemis tili» hamda “Yosh tarjimon” to’garaklari faoliyat yuritmoqda;

 Kafedra talabalarining yutuqlari

  • Kafedra qoshidagi ta’lim yo’nalishi talabalari bir qator chet el ta’lim grantlari va fan olimpiadalarida samarali qatnashib kelishmoqda. Misol uchun:
  • Tarix ta’lim yo’nalishi talabasi E.Bo’riyev – Nomutaxassislik ta’lim yo’nalishlari fan olimpiadasida nemis tilidan respublikada 1 o’rin sohibi;
  • Nemis filologiyasi ta’lim yo’nalishi talabasi A.Ostonov fan olimpiadasidan Respublikada 2 o’rin sohibi;
  • Biologiya va agroximiya ta’lim yo’nalishlari talabalari B.Habibullayev, Y.Usmonov, B.Muqimovlar Germaniyaning LOGO dasturi granti sovrindorlari;
  • Ingliz tili ta’lim yo’nalishi talabasi M.Annayeva va nemis tili ta’lim yo’nalishi talabalari M.Sarikov, A.Ostonov va S.Islomovlar GFRning DAAD tashkiloti granti sovrindori;
  • Talabalar har yili GFR elchixonasi notiqlik san’ati tanlovida qatnashishadi;
  • Nemis tili yo’nalishi talabasi U.Hamrayev 2015 yil Germaniyaning Regensburg shahrida DAAD tashkiloti stipendiyasi doirasida bir oy intensiv nemis tili kursida ishtirok etishga muvaffaq bo’ldi
  • Nemis tili yo’nalishi talabasi S.Boltayev 2017 yili Germaniyaning Axen shahrida Germaniya hukumatining DAAD tashkiloti xalqaro stipendiyasi doirasida bir oylik intensiv nemis tili kursida ishtirok etib qaytdi
  • Kafedraning iqtidorli talabalari yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi doirasidagi PAUYER – PAWER loyihasida ham ishtirok etishmoqda

 Kafedraning hamkorlik aloqalari

  • Kafedra GFRning O’zbekistondagi elchixonasi;
  • GFRning Gyote Instituti Toshkent filiali;
  • Germaniya Akademik Almashinuv Xizmati (DAAD);
  • EIning TEMPUS dasturi, SAMUz loyihasi doirasida GFRning Giyessen universiteti (JLU);
  • Kafedra o’qituvchilari va talabalari yeIning ERASMUS+ dasturi, PAUYER xalqaro loyihasida faol ishtirok etishmoqda;
  • GFRning Yoxannes Gutenbrg nomidagi Maynts universiteti
  • Germaniyaning Robert Bosh fondi kabi tashkilotlar bilan hamkorlik ishlarini olib bormoqda
  • So’nggi yillarda Germaniya elchisi, Gyote Institut kabi xalqaro tashkilotlar vakillari universitetga tashrif buyurishdi;
  • Germaniyaning Gyote instituti Toshkent filiali bilan hamkorlikda ko’plab amaliy-uslubiy seminarlar, ma’lumot tadbirlari tashkillashtirilmoqda
  • Germaniyaning Gyote Instituti Toshkent filialidan so’nggi yillarda nemis tili bo’yicha ko’plab kitoblar, darsliklar, o’quv adabiyotlari, tarqatma materiallar, audio-video materiallar olishga muvaffaq bo’lindi;
  • Kafedra O’zbekiston OTMlaridan O’zDJTU, TDPU, O’zMU kabi yetakchi ta’lim muassasalari bilan hamkorlik shartnomalarini imzolagan;
  • O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalaridan Denov qurilish va uy-joy kommunal xo’jalik KHK, Termiz shahridagi №1 va №2 son akademik litseylar hamda Surxondaryo viloyatidagi boshqa ko’plab kasb hunar kollejlari bilan hamkorlik shartnomalar mavjud;

Surxondaryo viloyat xalq ta’limi boshqarmasi hamda Xalq ta’limi tasarrufidagi ta’lim muassasalari bilan ham boshlang’ich sinflarda nemis tilini chet tilida sifatida o’qitish sohasida hamkorlik qilinmoqda.1

Kafedra mudirlari:

  • 1969 – 1978 yillarda kafedra mudiri lavozimida M.Ashurov faoliyat yuritgan. Kafedra tarix-filologiya fakulteti tarkibida bo’lgan;
  • 1978 – 1980 yillarda kafedrani dots. F.Tog’ayev boshqargan;
  • 1980 – 1998 yillarda kafedra dots. S.M.Krivonos tomonidan boshqarilgan;
  • 1998 – 1999 yillarda kafedra mudiri lavozimida k.o’q. X.Suvonov faoliyat yuritgan;
  • 1999 – 2005 yillarda kafedra mudiri lavozimida k.o’q. Sh.Begasheva faoliyat yuritgan.
  • 2000 – 2005 yillarda kafedra Nemis filologiyasi kafedrasiga va fakultetlararo nemis tili kafedralariga bo’lingan
  • 2000 – 2005 yillarda fakultetlararo nemis tili kafedrasiga Sh.Kenjaboyev mudirlik qilgan;
  • 2005 – yilda har ikkala kafedra qo’shilib yagona Nemis filologiyasi kafedrasi tashkil etiladi;
  • 2005-2013 yillarda kafedra mudiriligi lavozimida k.o’q. Sh.Kenjaboyev faoliyat yuritadi;
  • 2013 yil mart oyidan shu kungacha kafedra mudiriligi lavozimini k.o’q. S.Islomov bajarmoqda;

2015 yil kafedra nomi universitetning yangi strukturasiga muvofiq “Nemis filologiya”sidan “Nemis tili va adabiyoti” kafedrasi deb nomlana boshlandi.2

Kafedra bakalavriat ta’lim yo’nalishi:

  • 5111400 Horijiy til va adabiyoti (Nemis tili va adabiyoti)

Kafedrada o’qitiladigan fanlar:

  • Til aspektlari amaliyoti
  • O’qish va yozish amaliyoti
  • Til ko’nikmalari integratsiyasi
  • Tili o’rganilayotgan mamlakatlar adabiyoti tarixi
  • Leksikologiya
  • Nazariy grammatika va fonetika
  • Avtonom o’qish strategiyalari
  • Mustaqil ta’lim ko’nikmalari
  • Qiyosiy tipologiya va tarjima nazariyasi
  • Chet tili amaliy kursi
  • Amaliy fonetika
  • Amaliy grammatika
  • Maxsus fan – adabiy matnlar ustida ishlash
  • Yozish ko’nikmasini rivojlantirish
  • Til nazariyasi
  • Amaliy horijiy til
  • Chet tili (nemis tili)

Ikkinchi chet tili (nemis tili)

Nemis tili va adabiyoti kafedrasi professor-o’qituvchilari:

022202230224

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy ishlar:

  • Pedagogika tarixi va nazariyasi – “Chet tili o’qitishda akmeologik yondashuvlar texnologiyasi (Oliy ta’lim muassasalari misolida)” – o’q. Imomova U.M. (2014-2018)
  • Leksikologiya, leksikografiya – O’zbek va nemis tillari eng ko’p ishlatiladigan so’zlar lug’ati – k.o’q. Islomov S.R.

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-uslubiy ishlar:

  • Islomov S.R. “Deutsch – Nemis tili – Oliy o’quv yurtlari, akademik litsey, kasb hunar kollejlari professor-o’qituvchilari va talabalari uchun o’quv qo’llanma”
  • Islomov S.R. (xammualliflikda) – “O’ynab – kuylab o’rganamiz. Horijiy til darslarini tashkil qilishda foydalanish mumkin bo’lgan didaktik o’yinlar va qo’shiqlar to’plami”
  • Islomov S.R. (xammualliflikda) – “Nemis tilida eng ko’p ishlatiladigan 10000 ta so’zlik”

Kafedra manzili:

Termiz davlat universiteti

Chet tillar fakulteti

1 – qavat 113 – xona

Nemis tili va adabiyoti kafedrasi

tel faks: (+99876) 221-74-55 (+99890) 644-17-99

e-mail:          s_islomov82@mail.ru  

                       s_islomov@yahoo.de

One comment