Home / Tadbirlar / Istiqbolli hamkorlik yo’lida

Istiqbolli hamkorlik yo’lida

EXHTNING O’ZBEKISTONDAGI LOYIHALARI KOORDINATORI VAKILLARI UNIVERSITETDA

2017 yilning 1 noyabr kuni Termiz davlat universitetida yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (EXHT)ning O’zbekistondagi loyihalari koordinatori katta maslahatchisi Yurgen Beker, kichik maslahatchisi Sabina Sinjeryan bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuv “O’zbekiston va yeXHT o’rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari” mavzusiga bag’ishlandi. Unda universitetning yetakchi professor-o’qituvchilari va iqtidorli talabalari ishtirok etishdi.7Ma’lumki, yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (EXHT) xavfsizlik bo’yicha dunyodagi eng katta mintaqaviy tashkilot bo’lib, uning yevropa, Osiyo va SHimoliy Amerika qit’alarida joylashgan 57 ta ishtirokchi davlatdan iborat a’zosi bor. Mazkur tashkilot o’z mintaqasidagi insonlar va jamiyatlar hayotini yaxshilashga qaratilgan xavfsizlik masalalari bo’yicha muloqot uchun forum, birlashgan harakatlar uchun platformadir. O’zbekiston Respublikasi 1992 yilda tashkilot a’zoligiga qabul qilingan. 1994 yildan O’zbekistonning yeXHTdagi vakolatxonasi Venada, 1995 yildan esa yeXHTning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan aloqalari bo’yicha byurosi Toshkentda faoliyat yuritmoqda. 1999 yilda ushbu byuroga yeXHTning mintaqadagi markazi maqomi berildi. Markaz faoliyati nazariy jihatdan siyosiy-harbiy, iqtisodiy-ekologik va inson huquqlari kabi sohalarda O’zbekistonda amalga oshirilayotgan tub islohotlarni qo’llab-quvvatlashga qaratilgan.2Uchrashuv avvalida Termiz davlat universiteti rektori Abduqodir Hamidovich Toshqulov O’zbekiston va yeXHT o’rtasidagi ko’p qirrali hamkorlikning yangi bosqichi va uni har tomonlama mustahkamlash hamda kengaytirishga qaratilgan sa’y-harakatlar haqida so’z yuritdi. Oliygohda o’tkazilayotgan ushbu uchrashuv ham shunday sa’y-harakatlar samarasi ekanligini aytib, uni tashkillashtirishda yaqindan yordam bergani uchun viloyat hokimligiga o’z minnatdorchiligini bildirdi.1Tadbirda so’zga chiqqan O’zbekistondagi loyihalari koordinatori katta maslahatchisi Yurgen Beker, kichik maslahatchisi Sabina Sinjeryan O’zbekiston va yeXHT o’rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari, tashkilotning O’zbekistondagi loyihalari koordinatori tomonidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan loyihalar, xususan, qonunchilikni takomillashtirishga ko’maklashish, o’quv – o’qitish kurslarini olib borish, seminarlar, konferentsiyalar va o’quv-ta’lim safarlarini tashkil qilish hamda fuqarolik jamiyati, davlat organlari, muassasalari va tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish masalalari bo’yicha konsultatsiyalar o’tkazish bilan bog’liq faoliyati haqida batafsil so’z yuritishdi. Tashkilot faoliyatiga oid videorolik namoyish etildi. Talabalar va professor-o’qituvchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi.810Uchrashuv ingliz va rus tillarida erkin va samimiy ruhda o’tdi. Uning yakunida mehmonlarga universitetning esdalik sovg’alari topshirildi.11 12

Zahiriddin To’rayev

Bunyod Yoqubov ATM