Home / Tadbirlar / Ayollar huquqi himoyasi – doimiy e’tiborda

Ayollar huquqi himoyasi – doimiy e’tiborda

Shu kunlarda dunyoda kechayotgan globallashuv jarayonlari, jamiyat va davlat taraqqiyotining hozirgi holati fuqarolarning huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini har tomonlama oshirishni talab qilmoqda. Shundan kelib chiqib, bugungi kunda mamlakatimizda xotin-qizlarning ham huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ularning davlat va jamiyat boshqaruvida faol ishtirokini ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Termiz davlat universitetida Surxondaryo viloyati hokimining o’rinbosari, xotin-qizlar qo’mitasi raisi M.U.Qobulova, viloyat xotin-qizlar qo’mitasi qoshidagi “Huquqshunos ayol” uyushmasi rahbari M.Toshboyeva, viloyat adliya boshqarmasi bo’lim boshlig’i A.Rahmatov, oliygohning xotin-qizlar qo’mitasi a’zolari hamda talaba-qizlar ishtirokida o’tkazilgan seminar ham “Xotin-qizlar huquqlarini amalga oshirishning xalqaro asoslari va ularning milliy qonunchilikdagi aksi” mavzusiga bag’ishlandi.1Unda so’zga chiqqan Surxondaryo viloyati hokimining o’rinbosari, xotin-qizlar qo’mitasi raisi Mavluda Umarjonovna Qobulova mamlakatimizda ayollarni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qo’llab-quvvatlash, siyosiy faolligini oshirish, kasbiy, jismoniy, ma’naviy va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, onalik va bolalikni muhofaza qilish, sog’lom oilani shakllantirishga qaratilgan sa’y-harakatlar haqida so’z yuritdi.3“Barkamol avlodni tarbiyalashning muhim omillaridan biri jamiyatimizda yoshlarni ma’naviy va huquqiy ongga ega shaxs sifatida shakllantirishdir. Ushbu maqsadga esa oilada samarali ma’naviy va huquqiy tarbiya tizimini yaratish orqali erishish mumkin. Bundan anglashiladiki, farzandlarning komil inson bo’lib shakllanishida, ularning ma’naviy va huquqiy tarbiyaga ega bo’lishlarida aynan ota-onaning ma’naviy-huquqiy savodxon tarbiyachi bo’lishi talab etiladi. Bunda onalar, ya’ni xotin-qizlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati yuqori bo’lishi muhim omillardan biridir”, – deydi viloyati hokimining o’rinbosari o’z chiqishida.5Seminarda mutaxassislarning mavzuga oid ma’ruzalari tinglandi. Xotin-qizlarning huquq va burchlari qonun bilan mustahkamlab qo’yilganligini hayotiy dalillar bilan batafsil tushuntirildi, huquqiy masalalarda qiziqarli savol-javoblar bo’ldi.47Seminar so’ngida Surxondaryo viloyati hokimining o’rinbosari, xotin-qizlar qo’mitasi raisi M.U.Qobulova universitetning Axborot resurs markaziga mavzuga oid turli nomdagi kitoblarni topshirdi.

Zahiriddin To’rayev,

Bunyod Yoqubov