Home / Tadbirlar / Pedagogik amaliyot konferensiya

Pedagogik amaliyot konferensiya

2017 yil 06-noyabrda Termiz davlat universtiteti o’zbek filologiyasi fakulteti tojik tili ta’lim yo’nalishi 4-kurs 405 guruh talabalarining “Pedagogik amaliyot konferensiyasi” bo’lib o’tdi.

 Konferensiyada: O’zbek filologiyasi fakulteti dekani f.f.n. M.Hamrayeva, tojik tili va adabiyoti kafedrasi mudiri dots.R.Abdullayev, tojik tili va adabiyoti kafedrasi professor-o’qituvchilari: M.Qurbonaliyeva, S.Saidova, D.Muqumova, J.Jumaqulov, S.Qurbonov, S.Samiyeva, K.Jomahmadov va Boboxo’jayevlar qatnashdilar. Konferensiyani O’zbek filologiyasi fakulteti tojik tili va adabiyoti kafedrasi o’qituvchisi S.E.Saidova sӯzga chiqib: 405-guruh talabalari 8 haftalik pedagogik amaliyoti davomida (04.09.2017-28.10.2017 yilgacha) o’zlarining pedagogik tajribalarini oshirib yaxshi natijalar bilan universitetga qaytib keldilar. Ularning natijalari taqdim etilgan amaliyot hujjatlaridan ma’lum. Amaliyotga jami 17 nafar to’liq qatnashdi. Talabalar amaliyoti Boysun tumanidagi 33, 14 va 10-son umumiy o’rta ta’lim maktablari, Denov tumanidagi 22-son umumiy o’rta ta’lim maktab, Oltinsoy tumanidagi 53-son umumiy o’rta ta’lim maktabi, Sariosiyo tumanidagi 38,43,65 va 68-son umumiy o’rta ta’lim maktablari, Termiz shaharidagi 16-son umumiy o’rta ta’lim maktab va Uzun tumanidagi 13 va 15-son umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’tkazildi.02Talabalar ham so’zga chiqib amaliyoti davrida qo’lga kiritilgan yutuqlari haqida so’zlab berib namuna sifatida o’zining pedagogik mahoratlaridan lavhalar ko’rsatib berdilar. Eng namunaviy talabalar quydagilar bo’ldi:

1.Ro’ziqulov Mavzuna

2.Sultonov Suxrob

3.Murodaliyev Dilovar

4.Muratov Rajabali

5.Nazarova Gulnoza

6.Bobomurotova Dildora

7.Homidov Ro’ziboy03Konfrensiya so’ngida O’zbek filologiyasi fakulteti dekani f.f.n M.Hamrayeva, tojik tili va adabiyoti kafedrasi mudiri dots.R.Abdullayev va kafedraning boshqa o’qituvchilari: katta o’qituvchisi, M.Qurbonaliyeva, D.Muqumova, J.Jumaqulov, S.Qurbonov, S.Samiyeva, K.Jomahmadov va Boboxo’jayevlar so’zga chiqib talabalarning pedagogik amaliyotini yuqori saviyada olib borganliklarini e’tirof etdilar.

Bunyod Yoqubov