Home / Tadbirlar / Ombudsman o’rinbosari bilan uchrashuv

Ombudsman o’rinbosari bilan uchrashuv

Termiz davlat universitetida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo’yicha vakili (ombudsman) o’rinbosari Saidbek Azimov bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Unda universitetning yetakchi professor-o’qituvchilari va iqtidorli talabalari ishtirok etishdi. Surxondaryo viloyati hokimligi ko’magida tashkil etilgan mazkur uchrashuv inson huquqlari bo’yicha milliy institutning fuqarolarimiz hayotida tutgan o’rni va ahamiyatiga bag’ishlandi.
Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo’yicha vakili (ombudsman) mansabdor shaxs bo’lib, unga davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar tomonidan inson huquqlari hamda erkinliklari to’g’risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan parlament nazoratini ta’minlash vakolatlari berilgan.2Mazkur institut inson huquq va erkinliklarini himoya qilishning mavjud shakllari hamda vositalarini to’ldiradi. U prokuratura, sudlar yoki boshqa davlat organlaridan farqli o’laroq, davlat manfaatlari va individual manfaatlar to’qnashuvlarini hal qilishda davlatga ham, fuqarolik jamiyatiga ham birdek taalluqlidir. Ombudsman turli davlat institutlarining fuqarolik jamiyati a’zolariga nisbatan majburiyatlarini vijdonan bajarishga undash yo’li bilan fuqarolarga yordam ko’rsatadi.
Tadbirda Termiz davlat universiteti rektori mamlakatimizda inson manfaati, uning orzu-umidlari, ezgu niyatlarini ro’yobga chiqarish bilan bog’liq sa’y-harakatlar natijasida bugun xalqning davlatga bo’lgan ishonchi ortib borayotgani, odamlar davlatga emas, davlat odamlarga xizmat qilishi amalda ta’minlanayotgani haqida gapirar ekan, ushbu jarayonda fuqarolar huquqlarini himoya qilishning muhim demokratik instituti sifatida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo’yicha vakilining faoliyati juda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o’tdi.1O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo’yicha vakili (ombudsman) o’rinbosari S.Azimov o’z chiqishida mazkur milliy institut faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslari, uning mamlakatimizda inson huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda ta’minlash, qonunchilikni takomillashtirish, halqaro hamkorlikni rivojlantirish, aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish bilan bog’liq vazifalari, ularni amalga oshirishning ta’sirchan mexanizmlari haqida talabalarga keng tushuncha berdi.
Fuqarolarning murojaatlarini ko’rib chiqish va ularning huquqlarini himoya qilishda Ombudsmanning hududiy vakillarining ishtiroki, insonning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash sohasida hududiy vakillarning davlat hokimiyati organlari bilan o’zaro aloqalari to’g’risida batafsil so’z yuritildi.3Uchrashuv ochiq muloqot tarzida erkin va samimiy ruhda o’tdi. Muloqot jarayonida talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Zahiriddin To’rayev,

Bunyod Yoqubov