Home / Tadbirlar / Ta’lim va tibbiy madaniyat

Ta’lim va tibbiy madaniyat

Termiz davlat universitetida “O’tan polvon” diagnostika va davolash markazi mutaxassilari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Unda Tabiiy fanlar fakultetining yetakchi professor-o’qituvchilari va iqtidorli talabalari ishtirok etishdi.  Ma’lumki, Termiz shahridagi “O’tan polvon” diagnostika va davolash markazi aholiga malakali tibbiy xizmat ko’rsatib kelayotgan yetakchi muassasalardan biridir. Eng so’ngi rusumdagi zamonaviy tibbiy jihoz va uskunlar bilan ta’minlangan mazkur markazning malakali shifokorlari turli xastaliklarni o’z vaqtida aniqlash, ularning oldini olish va davolash ishida aholi salomatligiga kamarbasta.1Tabiiy fanlar fakultetida o’tkazilgan o’quv seminarida diagnostika va davolash markazi rahbari Abdujalol Mengliyev “Zamonaviy diagnostika jihozlarining klinik qo’llanilishi va ularning sitologiya, gistologiya, odam anatomiyasi, fiziologiyasi va biokimyo fanlari bilan bog’liqligi” mavzusida talabalarga ma’ruza qildi.2Albatta, yoshlar o’rtasida sog’lom turmush tarzini qaror toptirish, ularning tibbiy madaniyatini yuksaltirishda ta’lim muassasalarida olingan tarbiya va bilimning ahamiyati beqiyos. Shu maqsadda, Tabiiy fanlar fakultetida haftaning har dushanbasi “Salomatlik kuni” sifatida belgilangan.4O’tkazilgan uchrashuvda “O’tan polvon” diagnostika va davolash markazi mutaxassislarining haftaning har dushanbasida fakultetga tashrif buyurib, “Salomatlik kuni” doirasida talabalar o’rtasida targ’ibot-tushuntirish ishlarini olib borishga kelishib olindi.

Zahiriddin To’rayev

Bunyod Yoqubov