Home / Tadbirlar / Universitetda boks bo’yicha viloyat chempionati

Universitetda boks bo’yicha viloyat chempionati

Ma’lumki, boks boshqa sport turlaridan o’zining jozibasi, yorqinligi va shiddati bilan alohida ajralib turadi. Istiqlol yillarida o’zbek boks maktablarida kamol topgan yetakchi bokschilarimiz Olimpiya va Osiyo o’yinlari, Jahon va Osiyo chempionatlarida ko’plab nufuzli sovrinlarni qo’lga kiritishmoqdaki, bu boksning nafaqat muxlislar, balki butun O’zbekiston xalqining sevimli sport turiga aylanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda. Natijada boks bugun eng ommabop sport turlaridan biriga aylandi, bu sport bilan shug’ullanayotganlar soni yil sayin oshib bormoqda. Mamlakatimizning barcha hududlarida turli yosh toifalarida musobaqalar tashkil etilib, ular yangi nomlarning paydo bo’lishiga zamin yaratmoqda.photo_2017-11-10_08-28-38Boks bo’yicha o’tkazilgan viloyat chempionatida ham yangi nomlar kashf etildi. Termiz davlat universiteti, Termiz olimpiya zahiralari kolleji, viloyat bolalar va o’smirlar sport maktabi, shahar va tumanlardan kelgan 18 yoshdan oshgan 45 nafar bokschilar 10 ta vazn toifasida o’zaro kuch sinashdilar.photo_2017-11-10_08-28-52Murosasiz kechgan bellashuvlarda turli vazn toifalarida g’oliblar aniqlandi. Jumladan, universitetning Jismoniy madaniyat fakulteti 2-kurs talabalari Nodir O’rolov 64 kg., Muzaffar Rashidov 69 kg. vazn toifasida 1-o’rinni qo’lga kiritdilar. Musobaqaning g’olib va sovrindorlariga O’zbekiston boks federatsiyasi viloyat bo’limining 1-,2-,3-darajali diplomlari topshirildi.photo_2017-11-10_08-29-04photo_2017-11-10_08-29-15Eslatib o’tamiz, joriy yilning 24-30 noyabr kunlari boks bo’yicha kattalar o’rtasida o’tkaziladigan O’zbekiston chempionatiga bu gal Termiz shahri mezbonlik qiladi. Viloyat chempionatida g’oliblikni qo’lga kiritgan bokschilar unda vohamiz sharafini himoya qilish uchun yana ringga chiqadilar.

Zahiriddin To’rayev

Bunyod Yoqubov