Home / Tadbirlar / Imom Termiziy majmuasida yangi kitoblar taqdimoti

Imom Termiziy majmuasida yangi kitoblar taqdimoti

Surxon vohasi – dunyo tamadduni va islom dini rivojiga ulkan hissa qo’shgan ko’plab ulug’ allomalar, aziz-avliyolarga beshik bo’lgan qadimiy, navqiron va muqaddas zamin. Bu zaminda tug’ilib, dunyoga dovrug’ solgan zotlardan biri buyuk muhaddis Abu Iso Muhammad at-Termiziydir. Ulug’ ajdodimiz hadis to’plashdan tashqari huquqshunoslik, tabiatshunoslik, tilshunoslik, ilmu nujum, tabobat, odob-axloq va boshqa sohalarda ham ko’plab asarlar yaratgan. Uning ilmiy-ma’naviy merosi bugun islom olamida nihoyatda qadrlanadi, asarlari musulmon davlatlari dorilfununlarida darslik sifatida qo’llaniladi.8Xabaringiz bor, 2016 yilning 11 oktabrida viloyatimizga tashrif buyurgan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Abu Iso Muhammad at-Termiziy ziyoratgohida ham bo’lib, ushbu ziyoratgohning bugungi holati buyuk muhaddis Imom Termiziyning yuksak maqomiga mos emasligini, shu bois bu yerda tubdan ta’mirlash ishlarini bajarish hamda zamonaviy yaxlit yodgorlik majmuasi barpo etish lozimligini ta’kidlagandi. 2017 yil 10 fevralda viloyatimizga tashrifi davomida Yurtboshimiz yana mazkur ziyoratgohdagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishib, majmuani obod maskanga aylantirish, ziyoratchilarga qulay sharoitlar yaratish bo’yicha tavsiyalar bergandi. 1Ana shu ko’rsatma va tavsiyalar asosida ziyoratgohda keng ko’lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Xususan, Imom Termiziy maqbarasi qayta ta’mirlanib, uning yoniga qo’shimcha ziyoratgoh, 420 o’rinli barcha shart sharoitlarga ega masjid, zamonaviy konferentsiya zali va Termiziy allomalarning asarlari saqlanadigan kutubxona bunyod etildi. Bir so’z bilan aytganda, yaxshilarning sharofati bilan bugun Imom Termiziy ziyoratgohi butunlay o’zgacha qiyofa kasb etdi.
Kuni-kecha mazkur ziyoratgohning konferentsiya zalida Abu Iso Muhammad at-Termiziyning “Kitobul ilal” asari hamda Ma’muraxon Sultonova, Nozimaxon Abbosxonova hammuallifligidagi “Sayyidlar shajarasi” kitobining taqdimoti o’tkazildi. Unda Termiz davlat universitetining yetakchi professor-o’qituvchilari, Imom Termiziy va termiziy allomalar faoliyatiga doir ilmiy tadqiqotlar olib borgan ilm-fan namoyondalari ishtirok etdi. 5Taqdimot avvalida so’zga chiqqan Termiz davlat universiteti rektori A.H.Toshqulov Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 14 fevraldagi “Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori Abu Iso Termiziy va termiziy allomalarning bebaho merosini ilmiy asosda chuqur o’rganish, yuksak insoniy g’oyalar va muqaddas qadriyatlarimizni o’zida ifoda etgan manbalarni tizimli asosda tadqiq etish, ulardan diniy ta’lim, ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarida samarali foydalanish, zarur darsliklar va o’quv qo’llanmalar, ommabop nashrlar, ilmiy-amaliy tavsiyalar tayyorlash ishlarini yangi bosqichda davom ettirishga xizmat qilayotganligini “Kitobul ilal” hamda “Sayyidlar shajarasi” kitoblari misolida e’tirof etdi.2Shuningdek, taqdimotda olimlar ulug’ ajdodimiz, buyuk muhaddis Imom Termiziyning hadis ilmining turli masalalariga doir qimmatli bahslarni jamlagan “Kitobul ilal” asari va ushbu asarning TerDU tadqiqotchisi Jo’rabek Cho’tmatov tomonidan mahorat bilan tarjima qilinishi, Ma’muraxon Sultonova, Nozimaxon Abbosxonova hammuallifligida o’zlarida saqlanib kelgan shajara asosida yaratilgan “Sayyidlar shajarasi” kitobining yaratilishi bilan bog’liq ilmiy izlanishlar haqida batafsil so’z yuritishdi. Ta’kidlanganidek, bu asarlar insonga hamisha bu hayotning qadriga yetib, o’lchab berilgan umrini ezgu ishlarga sarflashni uqtiradi, unga axloq, did, e’tiqod, tasavvur va tafakkurning eng ezgu g’oyalaridan saboq beradi. Yoshlarimiz ulug’ allomalarimizning ana shu boqiy merosini, ular bosib o’tgan ibratli yo’lni chuqur o’rgansa, bu ularning ilm-fan va ta’lim olishga bo’lgan intilishini yanada kuchaytirishi, ezgu fazilatlar bilan ziynatlanishga undashi tabiiy.6497Shu bois ham tadbir so’ngida tarjimon va mualliflar keng jamoatchilik hamda Termiz davlat universiteti talabalarining o’qib-o’rganishlari uchun yangi chop etilgan “Kitobul ilal” hamda “Sayyidlar shajarasi” asarlarining bir nechta nusxasini Imom Termiziy majmuasi kutubxonasi va oliygohning Axborot resurs markaziga taqdim etdilar.

Zahiriddin To’rayev,

Bunyodjon Yoqubov