Home / Tadbirlar / Prezidentning Davlat maslahatchisi universitetda

Prezidentning Davlat maslahatchisi universitetda

2017 yilning 23 noyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi, O’zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi Qahramon Quronboyev Termiz davlat universitetiga tashrif buyurib, bu yerda talabalarning bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.Xususan, talabalar turar joylarida bo’lib, bu yerdagi ijtimoiy-ma’naviy muhit, sog’lom turmush tarzi, yoshlarning turmush sharoiti bilan qiziqdi. Dastlab, ma’naviyat va ma’rifat xonalariga kirib, bu yerda ertangi dars mashg’ulotlariga tayyorgarlik ko’rayotgan, turli nomdagi gazeta-jurnallar va kitoblarni mutolaa qilib turgan qizlar bilan ularning orzu-umidlari, qiziqishu intilishlari, bu yerda o’tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar ular faoliyatida nechog’lik ahamiyat kasb etayotganli haqida suhbatlashdi.photo_2017-11-24_14-47-02photo_2017-11-24_15-35-07O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi talabalar turar joylaridagi qavatlarda qizlar uchun ajratilgan xonalarga kirar ekan, uch kishilik shinamgina xonalar, ulardagi dars stoli, kiyim shkafi, yotoq joyi, devordagi gabilenlar va zamonaviy deraza pardalari -hammasi orastaligi, talaba-qizlarning ertangi kunga ishonchidan xotirjam chehralari qalblarga surur bag’ishlashini e’tirof etdi.23915586_166854937390962_7833206476321258509_n23795277_166855984057524_8163474029850373708_n23847482_166856017390854_697260102749711439_oTalabalar turar joylaridagi oshxona va yuvinish xonalarini ko’zdan kechirar ekan, Q.Quronboyev ular to’lig’icha yuqori sifatli jihozlar bilan ta’minlanganligini ko’rib, universitetda yangi o’quv yilidan boshlangan tashabbuslar kelgusida ijobiy samara berishini, talabalar turar joylaridagi bu kabi dastlabki o’zgarishlar buni ko’rsatib turganligini mamnuniyat bilan ta’kidladi.23825949_166855964057526_1097329576226946822_o23783685_166857034057419_7339383807375320023_o123O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi, O’zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi Qahramon Quronboyev tashrifi davomida universitetning milliy hunarmandchilik, rassomchilik va kulolchilik to’garaklari faoliyati bilan ham tanishdi. Tanishuv asnosida Universitet rahbariyati bilan talabalarning bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish, kasb-hunarga yo’naltirish maqsadida tashkil etilgan mazkur to’garaklar faoliyatini yana rivojlantirish, xalq hunarmandligi va amaliy san’ati mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish, kasb-hunarli bu talaba-yoshlarni O’zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirish choralari haqida o’zaro fikr almashildi.54Shundan so’ng Q.Quronboyev 2017 yilning 24 noyabr kuni Yaponiyaning Soko Gakkay Interneshnl (SGI) xalqaro buddizm uyushmasi vakillari ishtirokida universitetda o’tkaziladigan xalqaro ilmiy konferentsiyaga tayyorgarlik ishlari hamda mazkur uyushma prezidenti, jamoat va davlat arbobi, faylasuf, yozuvchi, fotoijodkor Daysaku Ikedaning “Tabiat bilan muloqot” nomli fotoko’rgazmasiga namoyish etilishi rejalashtirilgan foto suratlar bilan tanishdi, xalqaro konferentsiya ishiga muvaffaqiyatlar tiladi.6Tashrif yakunida Q.Quronboyev talabalarning bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishuvi davomida olgan taassurotlari bilan o’rtoqlasharkan, Termiz davlat universitetida yoshlarni qo’llab-quvvatlash, har bir talabaning taqdiri bee’tibor qolmasligi yo’lida qilinayotgan amaliy ishlardan mamnunligini va bu ishlarni shu tariqa izchillik bilan davom ettirish lozimligini e’tirof etdi.

Zahiriddin To’rayev,

Bunyodjon Yoqubov