Home / Tadbirlar / Millatlararo totuvlik va bag’rikenglik – barqarorlik omili

Millatlararo totuvlik va bag’rikenglik – barqarorlik omili

Mustaqillik yillarida xalqimiz uchun bebaho boylik – tinchlik, farovonlik va osoyishtalikni ta’minlash, fuqarolar, xususan millatlararo ahillik va hamjihatlikni yanada yuksaltirish davlatimiz siyosatining ustuvor vazifalaridan biriga aylandi. Bugungi kunda mamlakatimizda umrguzaronlik qilayotgan turli millat va elat vakillarining birligi va jipsligini namoyon etish, ularning urf-odat va an’analarini asrash, o’sib kelayotgan avlodni insoniylik fazilatlariga xos va milliy istiqlol g’oyalariga sadoqat tamoyillari asosida tarbiyalash maqsadida xayrli va ibratli ishlar amalga oshirilmoqda.

Viloyatimizda ham bugungi kunda 22 dan ortiq millat va elat vakillari tinch-osoyishta hayot kechirib, Vatanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo’shmoqda. Ularning o’z urf-odat va rasm-rusumlarini to’liq ado etishi, milliy an’ana va qadriyatlarini asrab-avaylashi uchun barcha sharoit yaratilgan. Tabiiyki, mamlakatning taraqqiyoti shu Vatanda yashayotgan turli millat va elatlarning o’zaro bahamjihat bo’lib yashashlariga bog’liq. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda, ular o’rtasidagi rishtalarni mustahkamlashda turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, ilmiy amaliy anjumanu davra suhbatlarining o’rni beqis.

Ana shunday davra suhbatlaridan bir kecha Termiz davlat universitetida o’tkazildi. “O’zbekiston – umumiy uyimiz” VII respublika do’stlik va madaniyat festivali doirasida, “Bu muqaddas Vatanda azizdir inson” hamda “Millatlararo totuvlik va bag’rikenglik – barqarorlik omili” mavzularida tashkil etilgan ushbu tadbirda Surxondaryo viloyati hokimligi mutasaddilari, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do’stlik aloqalar qo’mitasi vakillari hamda Termiz davlat universitetida mehnat qilayotgan, tahsil olayotgan turli millat vakillaridan iborat professor-o’qituvchilar va talabalar ishtirok etdi.
24210103_169244720485317_889811584573729158_oTadbirda avvalida so’zga chiqqan Termiz davlat universiteti rektori A.H.Toshqulov, Surxondaryo viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo’yicha o’rinbosari O’.P.Qobilov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do’stlik aloqalar qo’mitasi raisining o’rinbosari Kamolliddin Nuriddinovich Ishonxodjayev mamlakatimizda millatlararo hamjihatlik va totuvlik borasida erishilgan yutuqlar va amalga oshirilgan  sa’y-harakatlar haqida so’z yuritishdi.24059464_169245433818579_503370600971981629_o 24254933_169245430485246_1125639836835095914_oDavra suhbati davomida “Tinchlik va totuvlik oliy qadriyat”, “Ozod yurtda obod ko’ngillar”, “Shu aziz vatan barchamizniki”,  “Biz – sening farzandlaringmiz, O’zbekiston!” muvzularida ma’ruzalar qilindi. “O’zbekistonda bag’rikenglik madaniyati”  nomli film namoyish etildi. Mavzular yuzasidan talabalarning takliflari, fikr-mulohazalari tinglandi.24131972_169244567151999_3069549073073068503_o

Shuningdek, tadbir davomida “Inson manfaatlari – ulug’ qadriyat” nomli ko’rgazma ham tashkil etildi. Unda Universitetning rus tili va adabiyoti, tojik filologiyasi ta’lim yo’nalishlari talabalari,  oliygohning “Milliy hunarmandchilik” va “Milliy rassomchilik”  to’garaklari a’zolari tomonidan namoyish etilgan mahsulotlar yig’ilganlarda katta taassurot qoldirdi.24254895_169243353818787_2077338274143062260_o24068365_169243207152135_4572791852182594721_n 24172873_169242700485519_1810059744376578613_o 24068873_169243340485455_8652531132124658792_o

Zahiriddin To’rayev,

Bunyod Yoqubov