Home / TALABALAR IJODIDAN / Osmonlarga olib ketaman

Osmonlarga olib ketaman

Inson shuni tushunishi kerakki, u dunyoning ijodkori va soxibidir. Xayotdagi barcha ezguliklarning shon-shuxrati xam, yerdagi xamma baxtsizliklar xam uning zimmasiga tushadi.

Roman.

  Xayot o’zi shundayki inson dunyoga mexnat va mashaqqat uchun keladi. Umri poyoniga qadar olg’a intilib harakat qilib yashaydi. Bugun bir to’siqni hal qilsa ertaga ikkinchisi paydo bo’ladi. Va xayot shunday davom etadi. Biroq manzilga har kim har hil yo’ldan boradi. Kimdir uzoq va qiyin bo’lishiga qaramay to’g’ri va ezgu yo’lni tanlaydi. Kimdir esa…

      Oramizda ko’ngli yarim bo’lishiga qaramay to’rmuchasi sog’lardan irodali kerak bo’lsa ibrat bo’lishga arzigulik umr kechirayotgan insonlar bor. Shunday insonlardan biri Pardayeva Sarvinoz dunyoga nursiz ko’zlar bilan kelgan bo’lsada o’zi juda ham istedodli, izlanuvchan. Sarvinoz 1993-yili 9-aprelda Surxandaryo viloyati Muzrabot tumanida tavallud topadi.O’zi oilada 4 farzandning kattasi bo’lgan Sarvinoz 2001-2014-yillarda Samarqand shaxar 59-sonli ko’zi ojiz bolalar maxsus maktab internatida taxsil oladi. Sarvinoz o’qish davomida turli musobaqalarda qatnashib faxrli o’rinlarni zgallaydi. Jumladan turli yillarda o’tlazilgan :”Umid nihollari” da yengil atletika sport turining “joydan turib uzunlikka sakrash” bo’yicha, Sog’lom ona va bola yili munosabati bilan o’tkazilgan “Sarishtali ayol farishtali ayol” ko’rik tanlovida , Tez o’qish bo’yicha, Eng yaxshi kitobxon, Eng faol kitobxon va boshqa ko’plab tanlovlarda faxrli o’rinlarni egallab keladi.Maktab chog’laridan sherlar yoza boshlaydi. O’zining samimiy, manosi chuqur satrlari bilan yon atrofidagilarning qalbiga kirib boradi. Qolaversa, Sarvinoz Milliy xalq laparlari, o’lan va allalariga juda qiziqadi.O’zining shirali ovozi bilan ko’plab tanlovlarning g’olibi bo’ladi. Sarvinoz o’zining o’qish, izlanishlari tufayli bu yil TerDUning Tarix yo’nalishiga imtiyozli suxbat asosida o’qishga qabul qilindi. Xozirda u tengdoshlari bilan taxsil olib kelmoqda. –“Men- deya suxbatini boshlaydi Sarvinoz- avvaliga yangi insonlar, yangi muxitga ko’nikishga qiynaldim, biroq endi asta sekinlik bilan ko’nikayapman. Mening xayotimdagi shiorim “boriga shukr yo’g’iga sabr qilib yashash”. Men doim shuni o’zimga takrorlab kelaman. Xayotda eng muximi bir-birimizga mexrli bo’laylik. Zero, biz ertaga o’tib ketamiz, bizdan qoladigani faqatgina  shu mexr. Dunyoda boyligimiz bo’lmasa ham muximi mexrimiz bo’lsin. Mening kelajakda orzularim juda ham ko’p, avvalo, yurtimiz, yurtboshimiz tinch bo’lsin. Agar ular men va men kabilarga shunday imtiyozlar yaratib berishmaganida men, aslo, talabalik baxtiga  muyassar bo’lmas edim .Men kelgusida  viloyatimni qo’limdan kelgancha nomini ko’tarmoqchiman, kitoblarimni chiqarib bolalar uyiga bepul tarqatmoqchiman.Chunki, ular ham men kabi ko’ngli yarim. Zora, ular sherlarimni o’qib xayotga bo’lgan umidlari yanada ortsa. Nasib  qilib o’qishimni tamomlasam o’zim kabi yurtdoshlarimga tarix fanining sir-asrorlaridan saboq beraman.”-deya suxbatini yakunlaydi Sarvinoz. Sarvinoz o’zi tabiatan quvnoq, mexribon, yaxshi suxbatdosh. Atrofdagilarning barchasi u haqida shunday fikrdalar.

Termiz davlat universiteti 1-bosqich talabasi

Fotimaxon Boqiyeva