Home / TALABALAR IJODIDAN / «Yashashning o’zi baxt»

«Yashashning o’zi baxt»

Dimog’ chog’lik, tan-sixatlik bo’lsa bas,

                                          Shu  ikki  baxt-u  iqbol  ham  xavas

                                                                                              Firdavisiy

Inson zoti borki: uch narsani kechikib qadriga yetadi. Bular: yoshlik, sog’lik va tinchlik.

Dunyo yaralibdiki inson zoti umri davomida baxt uchun yashaydi. Orzu maqsadiga erishib  chinakam baxtli bo’lishni xoxlaydi. Ba’zan kishi o’zida bir-bor bo’lsada «Baxt nima?» degan savol tug’ilib qoladi. Avvalo birinchi baxt bu – tan sixatlikdir. Xalqimiz  «bosh omon bo’lsa do’ppi topiladi» – deb bejizga aytmaganlar, yana bir gap: Bir donishmand: «xasta kishini na boylik va na shon shuxrat baxtli qila oladi, kasalmand shoxdan sog’lom gado baxtiyordir» – degan ekan. Men bu gaplarning mag’zini yaqin bir tanishim bilan bo’lgan suxbatdan so’ng tushunib yetdim. O’sha tanishim bir necha yillardan beri tuzalishi qiyin bo’lgan og’ir kasallik bilan og’riydi. O’zining aytishicha tanasidagi og’riq tun-u kun uni tark etmay qiynalar ekan. Biroq, u shunda xam xayotidan aslo nolimaydi. Qaytanga oyoq-qo’li bus-butunligiga Olloxga shukur qilib yashaydi. Uning xayotga bo’lgan intilishi juda xam kuchliki kerak bo’lsa sog’lom odam ulgura olmagan ishlarga ulgura oladi. Xar kimga xam berilavermaydigan iqtidori bor. Uning irodasi, sabr-toqati shu qadar kuchliki ko’rgan odam uni xecham shikasta demaydi. Men uning matonatiga xavasim keladi. O’sha tanishim bilan oxirgi marta uchrashganimda – Agar men tuzalib ketsam dunyodagi eng baxtli inson bo’lardim. Dunyoda mendan baxtli inson bo’lmasdi”. – degan so’zlarni aytdi. Shunda o’ylanib qoldim: biz odamlar doimo tashvishlarni o’ylab, xayotimizdan nolib yuramiz, ba’zan o’zimizni omadsiz deb o’ylaymiz. Baxtsizman deymiz. Xech o’ylab ko’rganmizmi: agar baxtsiz, bo’lsangiz siz bu yorug’ dunyoni ko’rarmidingiz? agar omadsiz bo’lsangiz bu olamning musaffo xavosidan to’yib-to’yib nafas olarmidingiz? Yo’q, azizlar aslida esa biz oyog’imiz ostidagi baxtni ko’rmaymiz, yoki uni qadrlamaymiz. Yani eng avvalo sog’lomligimizning shukrini qilmaymiz.

            Yana shunday baxt borki bu baxt oila davrasida topiladi. Tinch-totuv turmush xaqida ajoyib bir rivoyat xam bor: Bir oilaga uzoq yillar davomida Baxt raxnamolik qilar ekan. Bir kuni Baxt uy xo’jasiga: “ Menga ruxsat bersangiz men endi ketsam”- debdi. Shunda uy xo’jasi ayoli bilan maslaxatlashibdi. Ayoli- “ikkovimiz tinch-totuv xayot kechirar ekanmiz bizga baxt kerak emas, raxmat aytingda javobini bering”- debdi. Buni eshitgan baxt- tinch-totuv oiladan men ketib bo’bman”- deb yana o’shalar bilan birga qolib ketgan ekan.

                Termiz davlat universiteti 1-bosqich talabasi

Fotimaxon Boqiyeva