Home / TALABALAR IJODIDAN / Biz ustozlar bilan faxrlanamiz

Biz ustozlar bilan faxrlanamiz

Xayot o’zi asli shunday qisqaki ba’zan vaqt qanday o’tganini ham bilmay qolamiz. Ko’p narsalarga, hattoki bu hayotdagi o’z o’rnimizni topishgada ulgurmaymiz. Lekin shunday insonlar borki. Bir bora beriladigan yashash baxtidan oqilona foydalana oladi.Hayotda katta yutuqlarga erishadi. Umri davomida o’z darajasiga erishadi va boshqalarga ham suyanch bo’la oladi. Shunday insonlardan biri Panjiyev Normahmat Panjiyevdir. Panjiyev domla 1948-yilda Surhandaryo viloyati, Sherobod tumanida ishchi oilasida tavallud topadi. Panjiyev domla yoshligidan ziyrak, izlanuvchan bola bo’ladi. Mehnat faoliyatini 1964-yilda Boysun tumani sayrob Uchaskasida saralovchilikdan boshlaydi. 1966-1971-yillarda, Stavrapol Pedagogika Instituti talabasi bo’ladi. Shundan so’ng Termiz Davlat Pedagogika Instituti “Rus tili va adabiyoti” kafedrasi o’qituvchisi bo’lib ishlaydi. 1973-1975-yillarda tadqiqotchi, 1975-1982-yillarda TerDPI “Rus tili va adabiyoti” kafedra o’qituvchisi, 1975-1982-yillarda kafdedra mudiri, 1982-1984-yillarda Ter DPI “Filologiya” fakulteti dekani, 1993-99-yillardaTerDPI “Umumiy va rustilshunosligi” kafedrasi dottsenti va kafedra mudiri, 2005-2011-y TerDU «Rus filologiyasi» kafedra mudiri, 2011-2012-yy «umumiy tilshunoslik va jahon adabiyoti dotsenti, 2016-yildan buyon TerDU «Rus tili va adabiyoti»  kafedrasi  mudiri vazafasida ishlab kelmoqda. N. Panjiyev shu kunga qadar juda ko’p shogirdlar tayyorlagan. Shulardan biri ham shogirdi ham hamkasbi TerDU” Rus tili va adabiyoti” o’qituvchisi B.M. Saidov o’z ustozi haqida shunday deydi-“1976-yilda Saratov Pedagogika Institutining domlalri TerDPIga kelib tanlov asosida abituriyentlardan imtihon olishdi. Men ham shular qatori talabalik baxtiga muyassar bo’ldim.  O’qishga kirgan 50 nafar talabalarni domlamiz N.Panjiyev Dushanbe-Moskva poyezdida Saratovga olib ketdilar. Ikki  kunlik yo’l davomida  domla bilan ilk bora tanishdik, domla bizlarga –“Rossiyaga  O’zbekistonning  nomidan o’qishga borayapsizlar, bu katta baxt,  bunday katta ishonchni oqlashlaring kerak, yaxshi o’qib o’z sohanglarni yetuk mutahasisi bo’lishga harakat qilinglar “-degan o’gitlari  hali ham yodimda. Domla men kabi ko’plab talabalarga kerakli, qimmatli maslahatlarini berganlar va hozir ham yosh talabalrdan yordamlarini ayamaydilar. Domlamiz hozir ham kuch g’ayratga to’la, o’ta bilimdon, o’z sohasini mukammal bilgan olimlardan biridir. Mana 40 yildirki N.Panjiyev domla rus tilining muammolarini , fonetika sohasidagi sirlarni talabalarga o’rgatib keladi. Ustozda mehnatsevarlik, insonpavarlik, hozirjavoblik hissyotlari kuchli”- deya suhbatini yakunlaydi B.M Saidov.  Panjiyev domlani shu kunga qadar ko’plab monografiyalari, darsliklari, o’quv qo’llanmalar, kitob va ilmiy maqolalari chop etilgan. Panjiyev domla nafaqat jamiyatda balki olilaparvarligda ham hammaga ibrat bo’lsa arziydi. Negaki domlaning barcha o’gil-qizlari oliy malumotli otasining izidan borib vatanimiznig gullab yashnashiga o’z hissalarini qo’shib kelmoqdalar.

         TerDUning yana bir fidoyi, jonkuyar ustozlardan Ilyosov Bozor Aminovich domla ham uzoq yillardan buyon talabalarga “Adabiyotshunoslikka kirish”,” Tarjima nazariyasi”,” Adabiyotshunoslik nazariyasi” fanlaridan saboq berib keladilar. B.Ilyosov domla 1946-yilda Surhandaryo viloyati Denov tumanida tavallud topadi. Filologiya fanlari nomzodi, dotsent, professor. Mehnat faoliyatini 1967-yili Boysun mehribonlik uyida yoshlar yetalikchidan boshlagan. 1972-yilda Stavropol davlat pedagogika instituti tarih va filogiya fakultetini tamomlaydi.Orada harbiy hizmatga boradi. Boysun shahar 6-maktabida o’qtuvchi bo’lib ishlaydi. TerDUda 1977-yildan buyon turli lavozimlarda ishlab keladi.  Xozirda TerDU rus tili va adabiyoti kafedrasi dottsenti lavozimida faoliyat yuriritib keladi. “Men –deya gap boshlaydi rus tili fakulteti o’qituvchisi U.K.Ochilivich” -2004-2008-yillarda  bakalavirlikka tahsil olayotganimda ustozimiz B.Ilyosov                 ” Adabiyotshunoslikka kirish” fanidan dars berar edi. Bir, ikki  leksiyadan so’ng kursdoshlarimiz bilan birgalikda fanimiz haqida ancha malumotga ega bo’ldik. Domlani biz hurmat qilardik. Ayrim paytlarda bizlari sir bosib qolardi. Chunki Domla bilimi chuqur, tajribali, yani bir dengiz bo’lsa biz domlaning oldida bir tomchi edik. Yillar o’tib biz ustozga yaqin bo’lish uchun, ustoz shogird ananasini davom ettirish uchun magistiraturaga kirib hozirgi kunda ustoz bilan bir jamoa bo’lib ishlab kelmoqdamiz. Domladan har doim maslahat olamiz, domla bizlarga ko’rsatma yo’l-yo’riqlar ko’rsatadi».

       -Men ustozni 2010-yildan beri taniyman. Ustoz bizlarga “Tarjima nazariyasi” va “Adabiyot tarihi”, “Adabiyotshunoslik nazariyasi” dan dars bergan. Biz talabalar paxta mavsumida uzoqlarga paxta tergani borganmiz.  O’shanda Ilyosov domla biz bilan  birga borgan. Domla to paxta tugagunga qadar uyimiz uzoqligini bildirmasdan  bizlarni himoya qilib  yurgan. Domla shunchalik ilmga  chanqoqlarki  bizlar daladaligimizda ham o’z fanidan saboq berardilar.Bizga yozgan shelaridan o’qib berardilar. o’zlari juda harakatchan, izlanuvchan insonlar. Yoshi ulug’  bo’lishiga qaramasdan kompyuterda bemalol o’z yumushlarini bajaradilar. Domla o’z o’rnida hazilkash, o’z o’rnida qattiqo’l, talabchan odamlar. Talabalarni o’z darsiga qiziqtira oladi. Domla darsga kirgan guruhlarda passiv o’quvchilarning o’zi yo’q. Shu bilan birga domla ishda xam oilada xam tartibni yaxshi ko’radi.  Hayotda vataniga fidoyi, yaxshi jamoatchi oilaparvar, va shogirdlariga mexribon ustoz. Domla farzandlariga yoshligidan yaxshi tarbiya berganligi bois hozirda ularning barchasi ziyoli bo’lib yetishganlar. TerDU rus tili kafedrasi Ilyosov va Panjiyevlarni o’z ustozlari deb biladilar”- deya suhbatini yakunlaydi domlaning shogirdlaridan biri Gulnura Irisivna davlatcheyivna.

Снимок

Termiz davlat universiteti 1-bosqich talabasi

Fotimaxon BOQIYEVA