Home / TALABALAR IJODIDAN / Konstitutsiya- kelajagimiz poydevori

Konstitutsiya- kelajagimiz poydevori

Mamlakatimizda o’tgan yillar mobaynida keng ko’lamli ishlar olib borildi. Bu ishlarning eng asosiysi insonlarning huquqlarini ishonchli himoya qilish bo’lib, bu sohada katta natijalarga erishilmoqda. Xususan, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida xalq hokimiyatchiligi prinsipining muhim qoidalaridan biri sifatida inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanishi belgilab qo’yildi. O’zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2017-yil 29-sentabrdagi “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 25 yilligi” munosabati bilan jazoni ijro etish tadbirlari to’g’risidagi farmoyishi ham bu borada yana bir amaliy qadam bo’ldi. Qomusy hujjatimizning xaqchilligi shundaki milliy urf-odatlarimiz, e’tiqodimiz, umuman milliy qadriyatlarimiz himoyasi va ravnaqi aniq belgilab qo’yilganligidir. Shuning uchun ham biz mustaqillik bayrog’ini baland ko’tarib, istiqlolni mustahkamlash uchun butun kuch-g’ayratimizni safarbar etishimiz zarur. Konstitutsiyamiz eng avvalo vatanimiz ozodligining shahodati  sifatida qadrlidir va haqiqiy mstaqillikka qo’yilgan qadamdir. Bugungi kunda O’zbekiston  o’z yo’lini konstitutsiyaga asoslanib, respublika manfaatlari, sharoitlari xususiyatlariga mos keladigan iqtisodiy islohotlarni amalga oshirmoqda. Konstitutsiyaning yaratilishi va hayotimizga tadbiq etilishida zamonamizning buyuk davlat arbobi, ulug’ yo’lboshchimiz, muhtaram I.A. Karimovning xizmatlari beqiyos ekanligini barchamiz yaxshi bilamiz, u kishining konstitutsiyamiz loyihasi bo’yicha 1992-yil 8-dekabrda Oliy Kengashning tarixiy sessiyasida so’zlagan nutqida quyidagi fikrni ta’kidlagan edilar, “Biz so’nggi yetmish yil mobaynida davlatga qaramlik va sig’inish holatida yashadik. Mamlakatimizning, undagi barcha boyliklarning egasi davlat deb hisoblab keldik. Ana shu masalada ham konstitutsiyada tub burilish yasalgan, ya’ni asosiy qonunimizga, davlat uning idoralari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar” degan modda kiritilgan. Endilikda inson, uning hayoti, ozodligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquq va erkinliklari muqaddas sanalib, ular davlat tomonidan kafolatlanadi. Birinchi prezidentimizning ana shu fikrlari u kishining  davlat, jamiyat va inson hayoti bilan  bog’liq  har bir masalaga  naqadar teran yondashganidan  dalolat  beradi. Bir so’z bilan aytganda  I.A.Karimovni  xaqli ravishda  O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi muallifi deb atasak xato bo’lmaydi. Bugungi tez o’zgarayotgan  dunyo insoniyat, yoshlar oldiga  yangidan-yangi  imkoniyatlar eshigini  ochmoqda. Ulardan samarali, qonundan chetga chiqmagan holda foydalanish o’z qo’limizda. Biz kelajagi buyk yurtning farzandlaimiz. Yurtimizning taraqqiyoti o’z qo’limizda.

                                                       Terdu  o’qituvchisi  Xolmurodov Sh.

                                                        Terdu  talabasi  Qobilova  M.