Home / Tadbirlar / Muqaddas Vatanda azizdir inson

Muqaddas Vatanda azizdir inson

Har yili 3 dekabr sanasining mamlakatimizda xalqaro nogironlar kuni sifatida nishonlanishi xalqimizning qalbi mehr va saxovatga to’la ekanligidan dalolat beradi. Yurtimizda nogironlar davlatimiz tomonidan muhofazaga olingan, ularga doimo g’amxo’rlik ko’rsatiladi. O’zgalar mehri va yordamiga muhtojlarning uylariga borib, holidan xabar olinadi, moddiy va ma’naviy yordamlar ko’rsatiladi.
Termiz davlat universitetida ham xalqimizning qon-qoniga singib ketgan bu ezgu fazilat an’anaga aylangan. Jismoniy imkoniyati cheklangan insonlar hamisha e’zozu e’tiborda, o’qituvchilaru talabalar ularga nisbatan doimo mehr-muruvvatli, qo’lidan kelgan yordamlarini ayashmaydi. Bayram va muhim sanalarda ularning xonadonlariga borishib, holidan xabar olishadi, xayriya va saxovat yordamlarini ko’rsatishadi.24059396_170249153718207_8315403435484648979_o Sana munosabati bilan kecha universitetning faollar zalida ular uchun bayram tadbiri tashkil etildi va bu tadbir imkoniyati cheklangan kishilar bee’tibor emasliklari, ular uchun barcha qatori imkoniyat yaratilganligining dalili sifatida namoyon bo’ldi. Unda so’zga chiqqanlar davlatimiz tomonidan ko’rsatilayotgan doimiy e’tibor va g’amxo’rlik ularga sog’lom tengdoshlari singari o’qish, dam olish, o’z sevimli mashg’ulotlari bilan shug’ullanish imkoniyatini yaratayotganligini mamnuniyat bilan izhor etdilar. O’z she’rlari, dilbar kuy-qo’shiqlari orqali garchi alohida e’tiborga muhtoj bo’lishsa-da, hayotning yorqin tomonidan zavq olib, uning to’laqonligini his qilib yashayotganliklarini namoyish qildilar.24273565_170249430384846_7936844471765875616_oUshbu iste’dod egalariga universitetning faxriy yorliq va esdalik sovg’alari topshirildi.24131147_170249320384857_1802916612686947879_n 24176823_170249147051541_7916703334986636632_n 24232195_170249333718189_8226558971620714732_n24294084_170249330384856_9152759917223188725_n

Zahiriddin To’rayev,

Bunyodjon Yoqubov