Home / Tadbirlar / Qanday yashayapsiz, talaba?

Qanday yashayapsiz, talaba?

Termiz davlat universitetida hozirda 1236 o’rinli 4 ta Talabalar turar joyi faoliyat ko’rsatayotgan bo’lib, ularda viloyatning olis tumanlari, shuningdek, respublikamizning boshqa viloyatlaridan kelib o’qiyotgan talaba-qizlar istiqomat qilishadi. Yangi o’quv yilidan boshlab ulardagi mavjud ahvolni tubdan yaxshilash, bu yerda istiqomat qilayotgan talabalar uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga kirishildi. Xususan, 1-TTJ binosi zamonaviy talablarga mos ravishda qayta jihozlanib, havas qilsa arzigulik maskanga aylantirildi (Bu yerda yashashga da’vogar talabalar soni esa ancha ko’payib borayotganligini yashirishga hojat yo’q…). Anchagina e’tibortalab bo’lib qolgan 2-TTJ binosi esa shu kunlarda mukammal ta’mirdan chiqish arafasida.

Kuni kecha Universitet rektori A.H.Toshqulov mutasaddi bo’linmalar rahbarlari hamrohligida 4-TTTga tashrif buyurib, bu yerda talabalar uchun nechog’lik qulay sharoitlar yaratilganligi, talaba-yoshlar darsdan so’ng vaqtini qanday o’tkazayotganligi, ma’naviyat va ma’rifat xonalaridagi ahvol, talabalar hozirgi jarayon, umuman, mamlakatimiz va dunyoda bo’layotgan voqea-hodisalardan qay darajada xabardorligi bilan qiziqdi.

O’rganish davomida universitet rektori tomonidan mutasaddilarga ushbu yotoqxonadagi mavjud ahvolni sanoqli kunlarda tubdan yaxshilash, bu yerda istiqomat qilayotgan talabalar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, yoshlarning xavfsiz yashashini ta’minlash borasidagi me’yor va talablarga qat’iy amal qilish yuzasidan qat’iy ko’rsatmalar berildi.01 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11

Zahiriddin To’rayev,

Bunyodjon Yoqubov