Home / Tadbirlar / Hunardan zar undirayotgan talabalar

Hunardan zar undirayotgan talabalar

Termiz davlat universitetida yoshlarni milliy urf-odat, an’ana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, zamonaviy kasb-hunar egallashiga ko’maklashish, iqtidorini ro’yobga chiqarish maqsadida tikuvchilik sexi faoliyati yo’lga qo’yildi. Unda tikuvchilikka qiziquvchi talaba-qizlar darsdan bo’sh vaqtlarida tajribali “ustoz-shogird” usulida ushbu hunarning sir-asrorlarini o’rganishmoqda.24172849_170396577036798_5803943689026664110_o 24254720_170396917036764_8755292764135808630_o Buning uchun esa mo’’jazgina sexda barcha sharoitlar muhayyo. Talaba qizlar tajribali ustozlari ko’magida, so’nggi rusumdagi bir qancha tikuv mashinalari yordamida hunarli bo’lish bilan birga daromad manbaiga ham ega bo’lmoqdalar, ta’bir joiz bo’lsa, hunardan zar undirmoqdalar. Bu esa to’lov-shartnoma asosida tahsil olayotgan qizlar uchun ayni muddaodir.24129566_170396583703464_7504632177966998010_n 24254831_170396863703436_699371503025046421_o24254982_170396920370097_1161690122343467044_o 24273488_170396590370130_3512560010265774761_oQolaversa, boshqa jihatdan buning ma’naviy-tarbiyaviy ahamiyati ham bor: avvalo tikuvchilik sexi yoshlarni foydali mehnatga jalb qilish imkonini beradi. Bunda ota-onalar “bolam o’qishdan bo’sh vaqtida qayerda, nima qilayotgan ekan?”, degan xavotirdan xoli bo’lishadi. Shu yo’l bilan oilaning kichik a’zosi hunar sirlarini o’zlashtirib oladi, oilaviy hayotga tayyorlanadi.

Zahiriddin To’rayev,

Bunyod Yoqubov