Home / Tadbirlar / Universitetda ezgulikdan so’zlaguvchi an’ana

Universitetda ezgulikdan so’zlaguvchi an’ana

Odatda ota-onaning farzandiga nisbatan mehribonligi va g’amxo’rligi ularda jon-jigarlik hissi borligidan bo’lsa, ustozlarning bu farzandlarni o’z bolasidek ko’rib, ularning bilimli, zakovatli, yetuk insonlar bo’lib kamol topishlari uchun hayoti va halovati, bor iqtidorini baxshida etishi, jonkuyarlik qilishi bu ularning sof insoniy fazilat egalari ekanliklaridandir. Yana aytishadiki, yaxshi ustoz bo’lish uchun nimani o’qitsang – o’shanga, kimni o’qitsang – o’shalarga mehr qo’ymog’ing lozim. Ana shundagina kasbning barakasiga, elning olqishiga erishasan. Termiz davlat universitetida ham shogirdlar rahmatiga, kasbining barakasiga erishgan o’qituvchi va murabbiylar mehnat qilishadi.
Kuni-kecha Universitetning Tarix, Jismoniy madaniyat va Fizika-matematika fakultetlarining ana shunday professor-o’qituvchilari xayrli bir tashabbus bilan chiqishdi: doshqozonlarda osh damlashib, oliygohning Talabalar turar joylarida yashayotgan 1000 nafardan ortiq talaba-qizlarga ulashdilar.1 2Laganlarga suzilib, dasturxonlarga tortilgan osh dasturxonlargagina emas, kishi ruhiyatiga ham ziynat bag’ishladi: har bir xonaga bir nafardan, jami 200 nafarga yaqin o’qituvchilar shogirdlari yashayotgan xonalarga kirishib, birga osh tanovvul qilishdi, ularning turmush sharoiti, ota-onasi, o’qishdagi yutuq va muammolari haqida dildan suhbatlashishdi.3 4 524799645_171895250220264_3060417466475149796_oOtalarcha, onalarcha mehrdan, e’tibordan dillar yayradi shu kuni. Ustozlarning shogirdlar bilan samimiy muloqoti adabiyotga, bilim va ma’naviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbai bo’lgan kitob mutolaasi mavzusiga ulanib ketdi. Aslida professor-o’qituvchilarning talabalar turar joylariga tashrifidan ko’zlangan maqsadlardan biri ham yoshlar o’rtasida kitobxonlik madaniyatini yanada yuksaltirish, ularni mutolaaga undash edi.24302411_171894466887009_2057996689615226983_o 24799206_171895456886910_5346467421646219969_o 24799330_171894913553631_6519531503061233888_o 24799373_171894790220310_2223820390008283548_o24210145_171894383553684_6172989227693203475_o 24785406_171894510220338_8477746972995285932_oUstozlarining ajdodlar ibrati haqidagi so’zlaridan ilhomlangan talabalar universitetning Axborot-resurs markaziga yangi keltirilayotgan turli nomdagi kitoblarni mutolaa qilib borish, har oyda 2 tadan kitob xarid qilib, bilimini va shaxsiy kutubxonasini boyitishga ahd qildilar. Muloqot yakunida Talabalar turar joylarida sanoqli kunlarda Axborot-resurs markazining filiallarini tashkil etish, ularni turli nomdagi yangi adabiyotlar bilan muntazam boyitib borishga kelishib olindi.

Zahiriddin To’rayev,

Bunyod Yoqubov