Home / Tadbirlar / Biz konstitutsiyani o’rganamiz

Biz konstitutsiyani o’rganamiz

2017 yil 1-2 dekabr kunlari O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma besh yilligi munosabati bilan Termiz davlat universiteti talabalari o’rtasida “Biz konstitutsiyani o’rganamiz” mavzusidagi siyosiy-huquqiy savodxonlik tanlovi o’tkazildi.1Tanlovda universitetning barcha fakul’tetlaridan 70 dan ortiq talabalar ishtirok etishdi. Tanlov uchta bosqich asosida o’tkazildi. Talabalar birinchi bosqichda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining siyosiy-huquqiy mohiyatini o’zida aks ettirgan test savollariga javob berishdi.2Ikkinchi bosqichda “Konstitutsiyamiz mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarning huquqiy asosi” mavzusi yo’nalishida har bir ishtirokchi o’zi tanlagan mavzu asosida insho yozdilar.3Uchinchi bosqichda Mamlakatimizda xususan O’zbekiston Respublikasini 2017-2021 yillarda yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar Strategiyasi doirasida qonunchilik, sud-huquq tizimining ustuvor yo’nalishlari bilan bog’liq savol-javoblar bo’ldi.4G’oliblar O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 25 yilligi munosabati bilan Termiz davlat universitetida bo’lib o’tadigan “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarning huquqiy asosi” mavzusidagi ilmiy-nazariy konferentsiyada e’lon qilinadi.