Home / Tadbirlar / Respublika ma’naviyat targ’ibot guruhi vakillari universitetda

Respublika ma’naviyat targ’ibot guruhi vakillari universitetda

Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatimizda zamonaviy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo etishning qonuniy asosi, diyorimizdagi tinchlik va osoyishtalik, fuqarolar va millatlararo hamjihatlik muhitini mustahkamlash, yurtimizning rivojlangan davlatlar qatoriga kirishi, xalqimiz farovonligini yanada oshirishning huquqiy kafolatidir.

Shu kunlarda Asosiy Qonunimiz qabul qilinganining yigirma besh  yilligini siyosiy-ijtimoiy, huquqiy va ma’naviy hayotimizda yorqin iz qoldiradigan, yurtdoshlarimiz, ayniqsa, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy g’oya ruhida tarbiyalashga xizmat qiladigan tarixiy sana sifatida keng nishonlashga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy va huquqiy targ’ibot tadbirlari o’tkazilmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri kecha Termiz davlat universitetida ham tashkil etildi. Unda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi o’qituvchisi Aktam Xolov, Toshkent Kimyo texnologiyalari muhandislik instituti kafedra mudiri Hakim Norqulov, taniqli shoir, “Tong yulduzi” gazetasi bo’lim muharriri Ahtamqul Karim, Muqimiy nomidagi o’zbek davlat musiqali teatr aktyori, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Turg’un Beknazarov, shuningdek, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi vakillari, mazkur markazning viloyat bo’limi boshlig’i Firdavs Sharipov hamda universitetning bir guruh iqtidorli talabalari ishtirok etdi.photo_2017-12-07_13-44-00photo_2017-12-07_13-44-30Tadbirda so’zga chiqqanlar Konstitutsiya norma va tamoyillarining hayotga tatbiq etilishi hamda uning mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli demokratik, sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy islohotlar jarayonidagi ahamiyatini hayotiy misollar bilan ochib berishdi. Shoir Ahtamqul Karim o’z she’rlaridan namunalar o’qidi, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Turg’un Beknazarov teatr va kino san’ati darg’alarining ibratli hayoti va faoliyati xususida yoshlarga so’zlab berdi. O’z navbatida universitet talabalari ham o’z ijodlaridan she’rlar o’qishdi, mehmonlarga o’zlarini qiziqtirgan savollarni berishdi. Ayniqsa, O’zbek filologiyasi fakulteti talabasi E’tibor Alimova tadbir  fayziga zavq-shavq bag’ishladi, uning ijrosidagi qo’shiq yig’ilganlar olqishiga sazovor bo’ldi.photo_2017-12-07_13-44-46 photo_2017-12-07_13-44-51 photo_2017-12-07_13-47-00Davra suhbati yakunida viloyat ta’lim muassasalari o’quvchi va talabalari o’rtasida o’tkazilgan “Konstitutsiya bilimdoni”  insholar, yozma ish va maqolalar tanlovining yakuniy bosqichi g’oliblarini taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.photo_2017-12-07_13-47-03 photo_2017-12-07_13-47-15photo_2017-12-07_13-47-11G’oliblar, xususan,  “Eng yaxshi tahliliy maqola” nominatsiyasi bo’yicha 1- va 2-o’rinni qo’lga kiritgan Termiz davlat universitetining Pedagogika fakulteti talabasi Inobat Karimova, Tarix fakulteti talabasi Sirojiddin O’rolovga tanlov tashkilotchilarining diplom va esdalik sovg’alari topshirildi.

  Dilfuza Shakarova

 Bunyod Yoqubov