Home / Tadbirlar / TerDUda harbiy-vatanparvarlikka yo’g’rilgan uchrashuv

TerDUda harbiy-vatanparvarlikka yo’g’rilgan uchrashuv

Shu kunlarda mamlakatmizning barcha hududlarida bo’lgani kabi viloyatimizda ham buyuk tarixiy sana – O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 26 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bayramini munosib kutib olishga qizg’in hozirlik ko’rmoqda. Xususan, “Milliy armiyamiz – yoshlarning mardlik, matonat va jasorat maktabidir” shiori ostida o’tkazilayotgan harbiy vatanparvarlik oyligi munosabati bilan barcha shahar va tumanlarimizda “Armiya va yoshlar” festivallari, turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar o’tkazib kelinmoqda. Kuni-kecha Termiz tumanidagi harbiy qismlarning birida tashkil etilgan zamonaviy harbiy texnika va qurol-aslahalar namoyishida Termiz davlat universitetidan ham 3 ming nafarga yaqin talaba-yoshlar ishtirok etdi. Askar va serjantlar, kursantlarning ko’rgazmali chiqishlari shuningdek, “Vatanparvar” tashkiloti viloyat kengashi aviamodel, havaskor avtomotosport to’garaklari a’zolarining chiqishlari talabalarimizda katta taassurot qoldirdi.25734444_183444605731995_6802545315148124938_o26060477_183445282398594_1263530138580371381_o 2017 yilning 25 dekabr kuni esa universitetda “Mening armiyam – mening faxrim” mavzusida harbiy xizmatchilar, Qurolli Kuchlar faxriylarining talabalar bilan uchrashuvi o’tkazildi. Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning harbiy kasbga qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida tashkil etilgan mazkur tadbir harbiy orkestr sadolari bilan boshlandi. Muloqot davomida viloyat harbiy faxriylar Kengashi raisi mayor B.Xo’jayorov, harbiy faxriy, “Shuxrat” medali sohibi podvolkovnik A.G’aniyev, Termiz shahridagi harbiy qismlarda xazmat qilayotgan leytenant Z.Gulmuratov, kichik serjantlar A.To’rayev, O.Imrohimov mamlakatimizda Vatan himoyachisi kasbini tanlagan yoshlarga berilayotgan e’tibor, harbiy xizmatga kiritilayotgan o’zgarishlar va yaratilayotgan sharoitlar, erishilayotgan yutuq va natijalar to’g’risida batafsil ma’lumotlar berib o’tdilar.25790859_183445652398557_1211466907027418108_o 26172829_183444855731970_4473858532527887714_o Kutilmagan sovg’a hamisha yoqimli bo’ladi. Tadbir mazmunli o’tayotgan bir pallada Universitet rahbariyati taklifi bilan xalqimizning sevimli san’atkori, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Ravshan Namozovning zalga kirib kelishi talabalar uchun kutilmagan voqea bo’ldi, yig’ilganlarning qalbi yana quvonchu shodliklarga to’ldi. R.Namozov harbiy xizmati davridagi qiziqarli voqealarni so’zlab berdi.26060158_183445679065221_6412087711135140837_o25626442_181973515879104_4851522878609179671_o2 Termiz garnizoni ofitserlar uyi harbiy orkestri jamoasi hamda O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Ravshan Namozov tomonidan ijro etilgan ona yurtni, mardlikni, vatanparvarlikni tarannum etuvchi kuy-qo’shiqlar, talabalar ijrosidagi raqslar davraga yanada fayz bag’ishladi.

TerDU Axborot xizmati