Bosh sahifa / Tadbirlar / TerDU: Prezident Murojaatnomasi qizg’in o’rganilmoqda

TerDU: Prezident Murojaatnomasi qizg’in o’rganilmoqda

2017 yilning 22 dekabr kuni poytaxtimizdagi Simpoziumlar saroyida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etgan Murojaatnomasi zamonaviy davlatchiligimiz tarixida ulkan o’zgarish yasagan voqea bo’ldi.
1Vatanimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligini yuksaltirishga xizmat qiladigan ushbu Murojaatnoma Termiz davlat universiteti jamoasining ham qalbidan, yuragidan, ongidan chuqur joy egalladi. Ularda ertangi kunga ishonch tuyg’usini yanada mustahkamladi, ezgu maqsadlar yo’lida fidoyilikka, o’z vazifasiga yanada mas’uliyat bilan yondoshishga undadi.
03Kuni-kecha o’tkazilgan universitet Ilmiy kengashida ham slaydlar yordamida taqdimotlar qilinib, davlatimiz rahbarining mazkur Murojaatnomasida o’z ifodasini topgan 2017 yilda amalga oshirilgan asosiy ishlar yakuni va O’zbekiston Respublikasini 2018 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari mazmun-mohiyati haqida Kengash a’zolariga batafsil tushunchalar berildi.26172829_183444855731970_4473858532527887714_o4Albatta, Murojaatnoma ham hajman, ham mazmunan juda keng. Shu bois 2017 yilning 26 dekabr kuni universitetning 600 nafarga yaqin professor-o’qituvchilari o’quv mashg’ulotlaridan bo’sh vaqtlarida fakultetlaridagi faollar zallari va auditoriyalarda videoproyektorlar orqali uni yana bir bor tinglashib, davlatimiz rahbarining printsipial yangilanishlarni o’z ichiga olgan tashabbuslari, takliflarini katta qiziqish bilan o’rganishdi.25 6Xususan, ushbu tarixiy hujjatda sarhisob qilingan, belgilab berilgan yosh avlodni har tomonlama sog’lom va barkamol, ulug’ bobolarimizning munosib davomchilari bo’ladigan yetuk insonlar etib tarbiyalash, o’z kasbining haqiqiy fidoyisi bo’lgan kadrlarni tayyorlash, ularni innovatsion loyihalar va yangi g’oyalar bilan ishlashga rag’batlantirish, turizmni rivojlantirishda yoshlarning rolini oshirish, ingliz tili va boshqa xorijiy tillarni chuqur o’qitish, yoshlarning xorijdagi tengdoshlari bilan ilm-fan, madaniyat, tadbirkorlik, sport va boshqa sohalarda faol muloqotda bo’lishlari uchun shart-sharoitlar yaratish, milliy sportimizni rivojlantirish, jamiyatda sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, yurtimiz kitob fondlarida saqlanayotgan qo’lyozma asarlarni har tomonlama o’qish-o’rganish, xalqimiz, avvalo, unib-o’sib kelayotgan yoshlarimizga, jahon hamjamiyatiga yetkazish bilan bog’liq galdagi vazifalar qizg’in muhokama qilindi.7 8– Muhtaram yurtboshimizning mamlakatimiz tarixida birinchi marta amalga oshirilgan Oliy Majlisga Murojaatnomasi biz professor-o’qituvchilarning hayotimizda yangi umidlar nashidasi uyg’otib, yanada ko’proq va shiddatli ishlashga undadi, – deydi kimyo fanlari doktori, professor Hayit To’rayev. – Vatanini jonidan sevadigan, elini ardoqlaydigan, do’stlik va birodarlik rishtalarini mustahkamlaydigan, innovatsion g’oyalar asosida tashabbus va fidoyilik ko’rsata oladigan Prezidentimizning ma’ruzalarini tinglab, yanada tetikroq bo’ldik.12 13U kishining xalqimiz, ayniqsa, yoshlarning kitobga bo’lgan mehrini oshirish, mamlakatlar o’rtasida ilmiy-ma’rifiy aloqalarni mustahkamlash, kutubxonalar fondini zamon talabi darajasida saqlash, ilmiy va badiiy merosni kelgusi avlodga yetkazish borasida bildirgan fikrlari bugungi hayotimizning dolzarb talabi bo’ldi. Biz surxondaryolik olimlar farzandlarimizning ertangi porloq kelajagi uchun barcha imkoniyatlarimizni safarbar etamiz!
Darhaqiqat, ushbu Murojaatnoma Termiz davlat universiteti professor-o’qituvchilarining ham yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash borasida olib borayotgan ishlari hajmini kelgusi yilda yana bir necha baravarga oshirishga qaratilgani bilan ahamiyatli bo’ldi.9 10Qizg’in muhokamalar so’ngida dasturiy ahamiyatga ega ushbu hujjatda belgilab berilgan vazifalar yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilanib, ularning ijrosida faol va qat’iy bo’lishga, ish faoliyati samaradorligini yanada oshirishga kelishib olindi.

TerDU Axborot xizmati

4 comments

  1. Pingback: writeaessay

  2. Pingback: Cialis 20mg

  3. Pingback: Cialis online

  4. Pingback: Cialis online