Bosh sahifa / Tadbirlar / Universitetda Yangi yil shukuhi

Universitetda Yangi yil shukuhi

Yangi yil — o’zgacha zavq, kayfiyat ulashuvchi, yaxshi niyatlarga eltuvchi bayram. Termiz davlat universiteti ham shu kunlarda har qachongidan o’zgacha chiroy ochgan. Bayramona bezatilgan, oynalariga Yangi yil shukuhini aks ettiruvchi turli shakllar chizilgan binolar, turli vositalarga joylangan rang-barang chiroqlar, yozilgan shior va tabriklar kishi ruhiyatiga jo’shqinlik baxsh etgan. Ayniqsa, universitetga kiraverishda o’rnatilgan va turfa chiroqlaru o’yinchoqlar bilan bezatilgan ulkan bayram archasi “mo’’jaz shaharcha”ga o’zgacha fayz bag’ishlagan.26060339_183884909021298_3475590052503802723_o Professor-o’qituvchilaru talabalar o’tayotgan yil uchun shukrona aytib, yuzda tabassum bilan bir-birlarini qutlashmoqda. Prezidentimiz tomonidan “Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilingan Yangi 2018 yilning ham unutilmas voqealari, yorqin lahzalari bilan har bir vatandoshimiz xotirasida bir umrga muhrlanishini niyat qilishib, bayram tadbirlarini o’tkazishmoqda.
1826024178_183885189021270_4818906998475109174_o Fakultetlar kesimida o’tkazilayotgan tadbirlarda talaba-yoshlar tomonidan taqdim etilayotgan rang-barang musiqiy dasturlar, teatrlashtirilgan tomoshalar, Qorbobo, Qorqiz va turli ertak qahramonlari ishtirokidagi chiqishlar yig’ilganlarda bir olam quvonch, unutilmas taassurot ulashmoqda.19

1720 25734405_183885292354593_4516378441024781290_o26116027_183885609021228_4509176518271314918_o Shu zayl yoshlarni vatanparvarlik, do’stlik, fidoyilik, tinchlik va osoyishtalikning qadriga yetish kabi ezgu g’oyalarga undovchi Yangi yil bayrami tadbirlari universitetda ko’tarinki ruhda davom etmoqda.

TerDU Axborot xizmati