Home / Tadbirlar / Odamlar har bir tizimdagi o’zgarishlarni qalbdan sezishi kerak!

Odamlar har bir tizimdagi o’zgarishlarni qalbdan sezishi kerak!

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 22 dekabrda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etgan Murojaatnomasi zamonaviy davlatchiligimiz tarixida ulkan o’zgarish yasagan voqea, Vatanimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligini yuksaltirishga xizmat qiladigan dasturiy ahamiyatga ega hujjat bo’ldi. Endigi vazifalardan biri ushbu Murojaatnoma mazmun-mohiyatini har bir fuqaromiz ongi va qalbiga yetkazishimiz lozim. Ana shundagina barchamiz – butun xalqimiz bir tan-u bir jon bo’lib ulug’ maqsadlar yo’lida dadil qadam tashlay olamiz.
Shu boisdan ayni kunlarda mamlakatimizning barcha hududlarida bo’lgani kabi viloyatimizda ham ushbu Murojaatnomada bayon etilgan ilg’or g’oyalar va rejalar mazmun-mohiyatini aholimizning turli qatlamlariga teran nigoh bilan yetkazilmoqda. Keng qamrovli targ’ibot tadbirlarida, ayniqsa Termiz davlat universiteti professor-o’qituvchilari faollik ko’rsatishmoqda.1 26677687_822093761311403_5540690129677642285_o Xususan, 80 nafardan ziyod professor-o’qituvchilar viloyatimizdagi barcha mahallalar, olis hududlardagi eng chekka qishloqlarda ham bo’lishib, yaqin istiqbolda farovon hayot imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan ushbu dasturilamal hujjatda sarhisob qilingan, belgilab berilgan vazifalar, davlatimiz rahbarining printsipial yangilanishlarni o’z ichiga olgan tashabbuslari va takliflarini aholi o’rtasida targ’ib etishmoqda, hayotbaxsh o’zgarishlarga da’vat qilishmoqda. Ushbu targ’ibot tadbirlari 2018 yilning 10 yanvariga qadar 2 million 470 mingdan ziyod aholi istiqomat qilayotgan 717 ta mahallani to’liq qamrab oladi.26685092_822093607978085_8205610889734710615_o 26733577_822093537978092_663023678929249890_n Muhimi, vohadoshlarimiz targ’ibotchilarimizning chiqishlarini zo’r qiziqish, ulkan mamnuniyat va iftixor bilan qabul qilishmoqda. Bu esa davlatimiz rahbarining Murojaatnomasi bugun shu yurtda yashayotgan, uning buguni va ertasiga befarq bo’lmagan har bir yurtdoshimiz qalbida aks sado berayotgani, odamlarda kelajakka ishonch, ezgu maqsadlarga cheksiz da’vat ruhini uyg’otayotganidan dalolat beradi.

TerDU Axborot xizmati