Home / Tadbirlar / Ta’lim va taraqqiyot uzviyligi

Ta’lim va taraqqiyot uzviyligi

Bugungi kunda respublikamizning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar ta’lim muassasalari rahbarlaridan, xususan, umumiy o’rta ta’lim maktablari direktorlaridan o’quvchi yoshlarga berilayotgan ta’lim-tarbiya sifatini oshirish va samaradorligini ta’minlash jarayonida ularning boshqaruv sohasida zamonaviy bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishini talab etmoqda.
Shu bois, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim hamda Xalq ta’limi vazirliklarining tegishli qo’shma qaroriga muvofiq, shu kunlarda tasarrufida xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlari mavjud oliy ta’lim muassasalarida umumiy o’rta ta’lim maktablari direktorlari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kurslari tashkil etildi.1 3 Xususan, Termiz davlat universitetida 2018 yilning 4-6 yanvar kunlari Termiz shahri, Angor, Boysun, Denov va Jarqo’rg’on tumanlaridan 272 nafar, 6-8 yanvar kunlari Muzrabot, Oltinsoy, Sariosiyo va Uzun tumanlaridan 264 nafar, 8—10 yanvar kunlari Termiz, Sho’rchi, Sherobod, Qiziriq va Qumqo’rg’on tumanlaridan 316 nafar – jami 852 nafar viloyatimizdagi barcha umumiy o’rta ta’lim maktablari va ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari direktorlarining qisqa muddatli malaka oshirish kurslari o’tkazilmoqda.

2 4 “Zamonaviy ta’lim tizimida boshqaruv sifatini kuchaytirish” mavzusida o’tkazilayotgan ushbu malaka oshirish kurslarida mashg’ulotlar Termiz davlat universiteti professor-o’qituvchilari tomonidan olib borilmoqda.6Ularda seminar-trening shaklda munozara, kichik guruhlarda ishlash va boshqa interfaol metodlardan foydalangan holda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining asarlarida jamiyat rivoji va ta’lim-tarbiya masalalari, ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etishning qonunchilik normalari, boshqaruv psixologiyasi, ta’lim menejerining kasbiy kompetentligi va kreativligi, ta’lim sifati menejmenti, ta’lim jarayonlarini boshqarishda axborot kommunikatsiya texnologiyalari, ta’lim sifatini ta’minlash bo’yicha ilg’or xorijiy tajribalar yuzasidan tinglovchilarning bilim, ko’nikma va malakalari oshirib borilmoqda.

TerDU Axborot xizmati