Bosh sahifa / Tadbirlar / Termiz davlat universiteti kitobsevarlar makoniga aylanmoqda

Termiz davlat universiteti kitobsevarlar makoniga aylanmoqda

Ma’naviy jasorat sohibi deb ardoqlangan atoqli adabiyotshunos olim va tarjimon Ozod Sharafiddinov dunyodagi yetti mo’’jizaga ta’rif berib “…etti mo’’jiza inson aqlining, tafakkurining, qalbining otashin madhiyasi, inson dahosining ulug’ligiga qo’yilgan mangu obida bo’lib kelmoqda. Biroq, shunday bo’lsa-da, olamda yana bir mo’’jiza borki, uning buyukligi, muqaddasligi yetti mo’’jizaning jamiki ulug’vorligi, go’zalligidan kamlik qilmaydi. Bu mo’’jiza – kitobdir” deb yozgan edi. 1Darhaqiqat, kitob – mo’’jiza, mo’’jiza bo’lganda ham birinch i mo’’jiza! U doimo o’z o’quvchisini ezgulikka, katta maqsadlarga da’vat etuvchi ma’naviy kuch-qudrat manbai, hech qachon so’nmaydigan tafakkur va xayolot chashmasi. Agar u insoniyatga murabbiylik qilmaganida, odam bolasi dunyo mo’’jizalarini yaratishga qodir bo’lmas edi!
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ibot qilish bo’yicha komissiya tuzish to’g’risida” farmoyishi va bu tarixiy hujjatda sanab o’tilgan masalalarning bugun amaliyotga tezkorlik bilan joriy etilayotganining boisi ham shu: hayotimiz va farzandlarimiz taqdirida kitobning ahamiyatini yanada yuksaltirishdir. Zotan, turfa taloto’plar girdobida qiynalayotgan, hali u, hali bu muammolar ko’z ochib, aqlni shoshirayotgan, har xil xunrezliklar sabab bashariyat joni titrab turgan bugungi dunyoda kitob insonni tinchlantiruvchi, og’riqlarga malham bo’lguvchi, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashga da’vat etguvchi yengilmas kuchdir.2 Termiz davlat universitetida yoshlarning kitob o’qishga bo’lgan qiziqishini kuchaytirishga, ularning o’qishdan tashqari har kuni, har daqiqa bo’sh vaqtini badiiy adabiyot, gazeta-jurnal mutolaa qilishga, ma’rifatli bo’lishga sarflashini rag’batlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, oliygoh rahbariyatining kuni-kecha professor-o’qituvchilar va talabalarga Yangi yil bayrami sovg’asi sifatida Axborot-resurs markazi uchun qariyib 80 million so’mlik 6 mingdan ziyod turli nomdagi kitoblarni tuhfa qilishi shunday e’tibor samarasidir.3 4 Odatda kishilarning bir-birlariga u yoki bu munosabat bilan sovg’a taqdim etishlari o’zaro munosabatlari iliqlashishi, hurmatu muhabbatlari ziyodalashishiga xizmat qiladi. Ular o’z yaqinlari, do’st-yorlari, tanish-bilishlardan tuhfa qabul qilishar ekan, bu ayni insonlarga ko’rsatilgan e’tibor, bildirilgan ehtirom, izhor etilgan qalbdagi samimiy tuyg’ular ifodasidir. Universitet professor-o’qituvchilari va talabalariga bayram sovg’asi sifatida mamlakatimizda chop etilgan eng sara kitoblarning tortiq etilishi zamirida esa bu yerda kitobxonlik muhiti yanada yaxshilash, farzadlarimizning kitobga muhabbatli bo’lib ulg’ayishlarini rag’batlantirishdir.5 6 Yangi keltirilgan kitoblar 500 dan ziyod turli nomdagi eng sara adabiy-badiiy, o’quv-uslubiy, ilmiy-nazariy, ilmiy-ommabop va ko’rgazmali adabiyotlardir. Ular poytaxtimizdagi “O’zbekiston”, “Sharq”, “Yangi asr avlodi” va G’ofur G’ulom nomli nufuzli nashriyotlar bilan tuzilgan shartnomalar asosida xarid qilindi. Shu tariqa universitet Axborot-resurs markazi kitob fondi 190 mingdan ortdi. Ularning 40 mingdan ortig’i elektron shakldagi adabiyotlardir.7 8 Yanada quvonarlisi, talabalar qishki ta’tildan qaytgunlariga qadar yana 99 nomda yangi o’quv darsliklarini olib kelish, 2 mingdan ziyod adabiyotlar, o’quv-metodik majmualarning elektron shaklini tayyorlash va olish rejalashtirilmoqda.9 10 Hozirda universitetning Axborot-resurs markazi kitob fondidan 10 ming nafardan ziyod jamoa a’zolaridan tashqari, oliygoh huzuridagi 2-sonli Akademik litsey hamda Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish hududiy markazi jamoasi ham keng foydalanib kelmoqda. Kelgusida undan butun Termiz shahri aholisining foydalanishiga imkoniyat yaratish choralari ko’rilmoqda. Bu esa Termiz davlat universitetining kitobsevarlar makoni degan ezgu maqomini yanada mustahkamlashiga xizmat qilishi shubhasiz.