Bosh sahifa / Tadbirlar / Termiz davlat universiteti gimnastikasi musobaqasi o’tkazilmoqda.

Termiz davlat universiteti gimnastikasi musobaqasi o’tkazilmoqda.

Termiz davlat universitetida professor-o’qituvchilar, o’quv yordamchi va ishchi xodimlar o’rtasida turli sport musobaqalarini o’tkazish an’ana tusini olgan. Biroz muddat avval futbol bo’yicha Rektor kubogi bellashuvlari o’tkazilgan bo’lsa, shu kunlarda oliygohning 600 nafarga yaqin professor-o’qituvchilar o’rtasida shashka-shaxmat musobaqalari o’tkazilmoqda.
Musobaqaning birinchi bosqichi qishki ta’til kunlarida Rektorat va 9 ta fakultet miqyosida o’tkazildi. Unda ishtirok etgan rektorat xodimlari va 32 ta kafedraning barcha professor-o’qituvchilari orasidan 3 nafardan g’olib aniqlanib, ularga keyingi final bosqichda qatnashish uchun yo’llanma berildi.1 02 Bugun, ya’ni qishki ta’til davrining oxirgi kunida musobaqaning final bosqichi bo’lib o’tmoqda. Unda Rektorat va 9 ta fakultetdan jami 30 nafar ishtirokchi g’oliblik uchun dona surishmoqda. Universitet rahbariyati tomonidan musobaqa g’oliblarini I-II-III darajali diplomlar, medal va qimmatbaho esdalik sovg’alari bilan taqdirlash ko’zda tutilgan.2 03Bir so’z bilan aytganda, universitet professor-o’qituvchilarining qishki ta’til davridagi kunlari o’zgacha ko’tarinkilik bilan o’tdi. Tashkil etilgan shashka-shaxmat musobaqasi ular ruhiga tetiklik, tani sog’lomlik, faoliyatida unumdorlik baxsh etdi. Ular farzandlari-yu talabalarini xam sportning o’zlari istagan turi bilan shug’ullanishga undashlari va buning uchun shart-sharoitlar yaratishlari tabiiy.